Kurs ishini yozish davomida, kichik biznesning mamlakat iqtisodiyotiga qo'shadigan hissasini oshirilishini, kichik sanoat zonalarining yaratilishi, investitsion muhit va raqobat muhitini yaxshilanishi, kichik biznes bilan davlat-xususiy sherikchiligi doirasida davlat xaridlari hajmini kengaytirilishi, yirik va kichik korxonalar o'rtasida o'zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlanishi, innovatsiya jarayonlariga tadbirkorlik subyektlarini jalb qilish orqali ko'rishimiz mumkin. Shuni ham ta'kidlash joizki, yetarli eksport salohiyatiga ega bo'lgan, biroq ayni paytda yanada rivojlanish uchun yetarli darajada kapitalga ega bo'lmagan muvaffaqiyatli va istiqbolli kichik korxonalarni moliyaviy qo'llab-quvvatlash katta ahamiyatga ega. Ushbu chora-tadbirlarlarni samarali kichik biznes sohasida ko'proq ish o'rnini yaratishga, jahon bozoriga kirish imkoniyatlarini oshirishga yordam berib, mamkalatni eksport salohiyatini oshirishga va aholi daromadlarini oshishiga imkon yaratadi.