Farg‘ona politexnika instituti Qurilish fakulteti 3-kurs talabalari uchun bibet fanidan i-oraliq nazorati savollari



Yüklə 35,39 Kb.
səhifə3/4
tarix17.04.2023
ölçüsü35,39 Kb.
#99493
1   2   3   4
3-kurs talabalari uchun BIBET fanidan I-oraliq nazorati savollari

Montaj kranlari – avtomobilь, pnevmog’ildirakli, maxsus shassiga o’rnatilgan kranlar, gusenitsali, minorali, chorpoyali, temir yo’lli.
Kransiz moslama – chig’ir, polispast, ko’targichlar, domkratlardan foydalanib, konstruktsiyalarni ko’tarish va joylash uchun.
Yuk ko’taruvchi qurilmalar – montaj qiluvchi machtalar, shevrlar, portal ko’targichlari, domkratlar massasi seriyali kranlarning yuk ko’tarish qobiliyatidan ortiq bo’lgan konstruktsiyalar va jihozlarni montaj qilish uchun.
Binoni montaj qilishda montaj qiluvchi mexanizmlarni tanlash muhim masala hisoblanadi. Bir qavatli sanoat binolarini montaj qilishda juda xilma – xil kran qurilmalari (uskunalari) qo’llaniladi:
• yuk ko’tarish qobiliyati 6,3...16 t bo’lgan avtomobilь kranlari;
• pnevmog’ildirakli kranlar (10...100 t.);
• gusenitsali kranlar (6,3...160 t)
• minorali kranlar (60...100 t);
• temir yo’l kranlari (16...30 t);
• chorpoya kranlar (15...100 t.);

30. Karkas elementlarini o‘rnatish ketma-ketligi.


Elementlarni o’rnatish ketma – ketligiga bog’liq holda montaj qilishning differentsial (alohida), kompleks va aralash (kombinatsiyalashgan) usullari qo’llaniladi.
Differentsial usulda bir xil nomli konstruktiv elementlar bir vaqtda mustaqil oqimlar bilan montaj qilinadi. Bunda montajchilarning ish unumi oshadi va kranlarni yuk ko’tarish qobiliyatidan yanada to’laroq foydalaniladi. Differentsial montaj bitta yoki bir – birining ketidan harakatlanuvchi bir qancha montaj mexanizmlari bilan amalga oshirilishi mumkin.
Bu usul bir qavatli sanoat binolarida faqat stropila fermalarini ketma – ket o’rnatishga imkon bermaydi, chunki hatto ularning montaj uzellari to’liq payvandlanganidan keyin ham ularning mustaxkamligini ta’minlab bo’lmaydi. Barpo etilayotgan binoda ketma – ket stropila osti va stropila fermalari o’rnatilganda fermalarga plitalarini o’rnatish uchun montaj kranidan foydalanish qiyin bo’ladi yoki imkoni bo’lmaydi.
Kompleks usulda barcha konstruktsiyalarni o’rnatish bir oqimda olib boriladi, natijada binoning to’liq montaj qilingan yacheykalari paydo bo’ladi. Keyingi ishlarni bajarish uchun front ochiladi, qurilishning umumiy muddatlari qisqaradi.
aralash usulda elementlarni o’rnatishning eng xilma – xil va ketma – ketligiga yo’l qo’yiladi.
31. O‘ziyurar kranlar bilan ishlashda montaj qilish yo‘nalishini tanlash.
Montaj qilish yo’nalishini tanlash – bir qancha parametrlar bilan – konstruktiv sxemaning xususiyatlari, ayrim oraliqlar yoki bino qismlarining texnologik jihozlarini ketma – ket montaj qilish uchun topshirish zaruriyati, texnologik liniyalarning joylashuvi va ularning o’zaro bog’lanishi bilan aniqlanadi. Montaj ishlarini tashkil etish ob’ektini qurishda ishtirok etuvchi tashkilotlar tomonidan ishlarni paralel bajarishini, binoning ayrim uchastkalarini texnologik jihozlarni montaj qilish uchun, ayrim qismlar, oraliqlar yoki qamrovlarni foydalanishga tez topshirishni ta’minlash kerak.
32. Vaqtinchalik tayanch va so‘rilardan foydalanish.
Konstruktsiyalarning konstruktiv xususiyatlari va ishlash sharoitlariga bog’liq holda montaj qilishning, shu jumladan so’rilardan montaj qilishning vaqtinchalik tayanchlardan foydalangan holdagi turli usullari – yarim osma va osma yig’ish uchraydi.
Montaj qilish jarayonida konstruktsiyani tutib turuvchi va uning massasidan tushayotgan yuklanishlarni qabul qiluvchi yaxlit so’rilarda qobiqlar, gumbazlar, arkalar, ko’priklarning oraliq qurilmalarining ayrim turlarini va boshqalarning montaji amalga oshiriladi.
Yarim osma yig’ish shunisi bilan ajralib turadiki, bunda montaj qilish jarayonida konstruktsiya vaqtinchalik tortqichlar bilan tutib turiladi yoki oraliq tayanchlarga o’rnatiladi. Bunday usulda gumbazlar, arkalarning ayrim konstruktsiyalari, ko’priklarning oraliqli qurilmalari konstruktsiyalari montaj qilinadi.
Osma yig’ishni qo’shimcha tayanchlarsiz amalga oshiriladi. Konstruktsiyani bir tomonidan doimiy tayanchga yoki avval montaj qilingan qismga mahkamlab, vaqtinchalik konsolь tizimi hosil qilinadi. Bu usulning qo’llanilishi inshootning montaj qilish jarayonida yig’iladigan katta qulochli konsollarning zarur mustaxkamligini va barqarorligini ta’minlaydigan konstruktiv xususiyatlari mavjud bo’lgandagina mumkindir.

Yüklə 35,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin