3-kurs talabalari uchun BIBET fanidan I-oraliq nazorati savollari
Vaqtinchalik tayanchlardan foydalanish bilan agar konstruktsiyalarni butunligicha o’rnatish imkoni bo’lmasa yoki maqsadga muvofiq bo’lmasa, uni qismlari bo’yicha (asosan katta oraliqlar va katta massali) montaj qilish amalga oshiriladi.
33. Alohida ko‘rinishdagi texnik murakkab ishga IBL tarkibi va mazmuni.
Ko’p hollarda ishlarni bajarish loyihasi bajarilishi juda murakkab bo’lgan montaj, pardozlash yoki maxsus ishlarga ishlab chiqiladi. Yig’ma konstruktsiyalarni montaj qilish IBLning tarkibiga qo’yidagilar kiradi:
• ob’ekt bo’yicha ishlarni bajarish kalendarь grafigi (smenali, soatli), ishchi kadrlar va mexanizmlarga bo’lgan talab grafigi bilan birgalikda.
• ushbu ish turiga qurilish bosh plani, kerakli kranlarni joylashtirilishi, ularning harakat yo’llari , omborlar xo’jaligini tashkil etish va maydon ichidagi ruxsat etilgan harakat zonalari ;
• ishlarni bajarish usullari va sxemalari, kerak bo’lgan paytda ishlarni bajarish texnologik xaritasi albatta bajariladigan va nazorat qilinadigan geodezik ishlar;
• ishlarni bajarish loyihasi bo’yicha texnika-iqtisodiy ko’rsatkichlar;
• IBLda qabul qilingan yechimlarga ko’ra kerakli izohlar va asoslar bilan tushuntirish xati.
34. Tayanch geodezik to‘rni yaratish haqida tushincha bering.
Tayanch geodezik to’rni yaratish. Qurilish maydonini va unda qurilayotgan inshootlarni geodezik rejalashtirish yer ishlari va keyingi bajariladigan qurilish ishlarini geodezik ta’minoti uchun asos bo’lib xizmat qiladi:
• Tayanch geodezik to’rni yaratish, maydonni kvadratlarga bo’lish va reperlar bilan uchlarini mustahkamlash, maydonni tekshirish asosda nivelirlash;
• quriladigan joyda bino va inshootlarni rejalashtirish, va tayanch geodezik to’riga yoki mavjud qushni binolarga bog’lash;
• bino atrofi bo’ylab obnoska qurish, o’qlarni ko’chirib mahkamlash.
Qurilish to’rini va uning o’rnini loyihalagan paytda qo’yidagilarni ta’minlash kerak:
• rejalashtirish ishlarini bajarishga maksimal qo’layliklar yaratish;
• barpo etilayotgan asosiy bino va inshootlarni to’r figuralari ichida joylashtirish;
• to’r chiziqlarini barpo etilayotgan bino va inshootlarning asosiy o’qlariga parallel va mumkin qadar yaqin joylashtirish;
• to’rning hamma tomonlari bo’yicha kerakli uzunliklarni o’lchash;
• to’r belgi ( nishon, reper) larini o’lchash uchun va yon reperlarni ko’rinishi qo’layligini ta’minlash, hamda ularning buzilmasligi va turg’unligini ta’minlovchi joyda o’rnatish.
35. Territoriyani tozalash va tekkislash.
Territoriyani tozalash ishlari majmuasiga kiradi:
• yashil ko’chatlarni ko’chirish yoki himoya qilish;
• maydonni keraksiz daraxtlardan, butalardan tozalash, tunkalarni qazib olish;
• yerni unumdor qatlamini ajratish;
• kerakmas binolarni buzish yoki ajratish;
• mavjud muhandislik tarmoqlarini o’chirish (uzib qo’yish) yoki maydondan ko’chirish;
• qurilish maydonini birinchi bor tekislash.
Qurilish maydoni territoriyasini tayyorlash davrida ishlarni bajarishga xalaqit beruvchi aloqa va elektruzatuv liniyalarini, yerosti kommunikatsiyalari va boshqa inshootlarni ko’chirish zaruriyati paydo bo’ladi. Bunday ko’chirish oldin kelishilib keyin loyiha hujjatlariga kiritiladi, ko’chirish jarayoni o’zi ma’sul tashkilotlar bilan kelishilgan holda va ularning nazorati ostida amalga oshiriladi.
36. Yer usti va grunt suvlarini qaytarish.
Bu turdagi ishlarga kiradi:
• balandlikda joylashgan va suvni qochiradigan ariqlarni qurish, do’ngliklar hosil qilish;
• ochiq va yopiq drenajlar;
• omborlar va montaj maydonlari yuzalarini tekislash.
yer usti suvlarini qaytarish uchun maydonni vertikalь tekislaganda unga ma’lum qiyalik berilib ochiq yoki yopiq suv oqib tushish tarmoqlari quriladi, hamda majburan qo’yilish hisobiga eletronasos yordamida ishlovchi suv qaytaruvchi quvurlar tarmog’i hosil qilinadi.
Er osti grunt suvlari sathi baland bo’lib maydonda suv ko’payganda, quritish ochiq yoki yopiq turdagi drenaj sistemalari orqali amalga oshiriladi. Drenaj sistemalari umumsanitar va qurilish sharoitlarini yaxshilash uchun va yer osti grunt suvlari sathini tushirishga xizmat qiladi.
37. Maydonni qurilishga tayyorlash va uni jihozlash.
Maydonni qurilishga tayyorlash va uni jihozlashga quyidagilar kiradi:
• vaqtinchalik yo’l va qurilish maydoniga keluvchi yo’lkalarni qurish;
• vaqtinchalik kommunikatsiyalarni yotqizish;
• qurilish mashinalari turar joyi uchun maydoncha qurish;
• qurilish maydonini to’sish;
• vaqtinchalik maishiy-xizmat xonalarini tayyorlash.
Qurilish maydonini muhandislik ta’minoti vaqtinchalik yo’llar qurilishini nazarda to’tadi. Yo’lni yurar qismini kengligi transportni ikki tomonlama harakatda 6 m, bir tomonlamada – 3.5 m, obochina kengligi 1 m dan kam bo’lmasligi kerak. Qoplamasiz yo’llarda yo’l cheti (obochina) nazarda to’tilmaydi.
Qurilish maydonidagi yo’llarning minimalь radiusi 15 m, eng katta nishablik – 0.08% gacha ruxsat etiladi. Yo’llarni qazilmalarda qurganda suv oqishini ta’minlash uchun nishabligi 0.003% dan kam bo’lmagan ariq (kyuvet)lar bo’lishi kerak.
Qurilish maydoni vaqtinchalik binolar bilan jihozlanadi: yechinish-kiyinish xonalari, oshxona, dush xonalari, ish yurituvchi kontorasi, sanuzellar, qurilish materiallari asboblarini asrash omborlari, ayvonlar va boshqalar. Vaqtinchalik binolar uchun ajratilgan maydon yer usti suvlari oqishini ta’minlash uchun oldindan tekislanadi. Bu vaqtinchalik binolarga bo’zilishi kerak bo’lgan lekin asosiy qurilishga halaqit bermaydigan binolarni bir qismidan foydalanish, shuningdek vagon, blok va konteyner tipidagi inventarь binolardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
38. Bino va inshootlarni quriladigon joyida rejalashtirish.
Bino va inshootlarni quriladigan joyida rejalashtirish. Bino poydevorlari uchun kotlovanlarni rejalashtirish ishchi rejalashtirish chizmalari asosida bajarilib , bu yerda koordinatlar o’qi sifatida binoning o’zaro perpendikulyar o’qlarining kesishish joyi qabul qilinadi.
Binoning vertikalь bog’lanishi Davlat to’rining geodezik reperiga nisbatan amalga oshiriladi. Reperni balandlik belgisi qurilish maydoniga nivelir yordamida ko’chiriladi va mavjud yaqin binoga yoki gruntga mustahkam qilib kirgizilgan metall quvurga mahkamlanadi.
Rejalashtirish ishlari geodezik instrumentlar – teodolit va nivelir yordamida bajariladi. Yer inshootlarini joyida rejalashtirish yoki ularning o’lchamlarini chizmadan qurilish maydoniga ko’chirish, ya’ni bino o’qlarini naturaga ko’chirish davlat geodezik xizmati tomonidan bajariladi.
39. Muhandislik-geologik tadqiqotlar va geodezik rejalash asoslarini yaratish.
Qurilish maydonidagi muhandislik-geologik tadqiqotlarga quyidagilar kiradi:
• gruntlarning muhandislik baholanishi va ularning yuk ko’taruvchanligi;
• qurilish maydonida grunt suvlari sathini aniqlash;
• geodezik rejalash asosini yaratish;
• bino va inshootlarni quriladigan joyda rejalashtirish
Gruntlarni muhandislik baholanishi oldindan ob’ektni loyihalashga qadar bajariladi. Unga gruntni qurilishga doir xususiyatlari – granulometrik tarkibi, zichligi, namligi, yumshatilishi va boshqalarni baholash kiradi.
Yer osti grunt suvlari sathini aniqlash ishlarni bajarishni loyihalashda qurilish jaryonida suv sathini tushirish buyicha tadbirlar ishlab chiqilishini , kerak bo’lgan holatda ob’ektdan foydalanish davridagi suv sathini tushirish bo’yicha takliflarni beradi.