Farg‘ona shahar mmtb tasarrufidagi 4 -umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘zbek tili,ona tili va adabiyot fanlar metodbirlashmasining -sonli yig‘ilish bayonnomasi
Farg‘ona shahar MMTB tasarrufidagi 14 -umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘zbek tili,ona tili va adabiyot fanlar metodbirlashmasining 1 -sonli yig‘ilish bayonnomasi
2023-yil -avgust Farg‘ona shahar
Yig‘ilishda qatnashdi:
O‘IBDO‘:N.Sotimboyeva
Metodbirlashma a’zolari :jami 8 nafar
Kun tartibidagi masalalar.
Xalq ta’limi vazirining 2022-yil 5-dekabrdagi 372-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan meto1. Xalq ta`limi vazirining 2022-yil 5-dekabrdagi 372-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan metodbirlashmalar to‘g‘risidagi nizomlar, belgilangan vazifalar. Maktab o'quvchilarining bilimi va ko`nikmalarini shakllantirish, ularni milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalash, o'qituvchi kasbi nufuzini va pedagoglarning sifat tarkibini oshirish, darsliklar va o'quv metodik majmualarni zamon talablari asosida takomillashtirish, xalq ta'limi muassasalarining xalqaro standartlarga javob beradigan zamonaviy modellarini barpo etish mazmunidagi Prezidentining Farmonlari mazmun va mohiyati bilan tanishtirish
2.Metod birlashmaning 2022-2023 o‘quv yili faoliyati tahlili va 2023-2024 o‘quv yilida amalga oshiriladigan ishlarning rejasini tuzish va metodbirlashma a`zolarining ish taqsimotini tasdiqlash va maktab rahbariyatiga tasdiq uchun taqdim etish.
3. Xalq ta’limi vazirining 2022-yil 25-avgustdagi 279-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan nizom asosida ilg‘or tajribalarni ommalashtirish.
4.Olimpiadaning shahar bosqichiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo`yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish dbirlashmalar to‘g‘risidagi nizomda belgilangan vazifalar.
Eshitildi: Kun tartibidagi 1-masala yuzasidan O‘IBDO‘ N.Sotimboyeva so‘zga chiqib Xalq ta’limi vazirining 2022-yil 5-dekabrdagi 372-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan metodbirlashmalar to‘g‘risidagi nizomda belgilangan vazifalar haqida gapirdi. Ushbu nizom qabul qilinishi bilan maktabda fan oyliklar va metodik kunlar bekor qilinganligini tak’idladi. Bundan tashqari nizomda maktabda faoliyat olib boradigan metodbirlashma rahbarlariga bir-qancha vazifalar yuklatilganligini, ularning bu boradagi masuliyati yanada oshirilganligini ta’kidladi. O‘qituvchilarga metodik hizmat ko‘rsatishda MMT bo‘limlaridagi qisqartirishlar sabab, avvalgiday metodistlar emas balki, metodbirlashma metodik hizmat ko‘rsatishi kerakligi belgilandi. Qolaversa, ilg‘or ish tajribalarni ommalashtrishda ham metodbirlashma va metodbirlashma rahbarining mas’uliyati yanada oshirilganligini eslatib, ish tajribalarni ommalashtrish o‘qituvchilarning ustamalariga ham ta’sir qilishini tushuntirib o‘tdi.
“Najot ta’limda,najot tarbiyada,najot bilimda”-deya biz ustozlarni bor kuchimiz bilan yosh avlodni tarbiyalashga da’vat etayotgan muhtaram yurtboshimiz bizga ishonch bildirib ,2023-yilni “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” deb e’lon qilgan edilar.Ushbu fikrlarning tasdig‘i sifatida 2022-yil 5-dekabrdagi 372-sonli buyruqda metodbirlashmaning maqsadi o‘quv tarbiya jarayoni sifatini yanada yaxshilash, fan o‘qituvchilariga metodik yordamni tashkil etish,tegishli o‘quv fanlarni o‘qitish uslublarini takomollashtirish va o‘qitish sifatini oshirishga ko‘maklashadi.
Shuningdek,o‘qituvchilarga zamonaviy pedagogik texnologiyalarini,o‘qitish metodlarini izlab topishga ko‘maklashadi.Bundan shuni xulosa qilish mumkinki,yosh avlodni tarbiyali va sifatli bilim egasi etib tarbiyalashda metodbirlashmaning o‘z ahamiyati,oz‘oldiga qo‘ygan maqsadi va talablarini ijobiy yondashgan holda hayotga tadbiq etish har bir pedagog xodimning asosiy yo‘nalishi bo‘lmog‘I lozim.