Kun tartibidagi 1-masala yuzasidan yig’ilish qarori:
Ma’ruzachilar O‘IBDO‘ N.Sotimboyevaning ma’ruzasi ma’lumot va ijro uchun qabul qilinsin.
Metodbirlashma a’zolariga metodik hizmat ko‘rsatish ishlarini muofiqlashtrish metodbirlashma rahbariga yuklatilsin.
372-sonli nizomda ko‘rsatilgan vazifalarni bajarish metodbirlashma a’zolari zimmasiga yuklatilsin.
Kun tartibidagi 2-masala yuzasidan 2022-2023-o‘quv yili metodbirlashma rahbari N Haydarova so‘zga chiqib, o‘tgan o’quv yilida amalga oshirilgan ishlar haqida erishilgan yutuqlar, kamchiliklar haqida gapirdi. Ma’lumki o‘tgan o‘quv yilida fan olimpiadasida 1nafar o’quvchimiz faxrli o‘rin oldi.Jumladan,11-“A” sinf o‘quvchisi Madazimova Ruhshona Farg‘ona shahar olimpiada bosqichida o‘zbek tili fanidan 1- o‘rinni egallagani bizning faxrimiz ekanligini ta’kidlab o‘tdi.O‘qituvchilarimiz faoliyati davomida ochiq darslar, tadbirlar tashkilladilar va ma’lum yutuqlarga erishdilar. Jumladan,bobolarimiz A.Navoiy,Z.M.Bobur va sevimli shoiramiz Zulfiyaxonim tavalludiga bag‘ishlab o‘tkazilgan tadbirlar maktab oqituvchilari va she‘riyatga oshno o‘quvchilarimiz qalbida muxrlanib qolgan bo‘lsa ajab emas.
Bundan tashqari yil davomida muxim sanalar oldidan o‘tkazib kelinayotgan insholar va esselar ko’rik tanlovlarida maktabimiz o‘qituvchilari va o‘quvchilari faol qatnashib kelishmoqda.
Yutuqlar o‘z yo‘liga,kamchiliklarimizdan ham ko‘z yummasligimiz lozim,ya’ni olimpiadada va boshqa ko‘rik tanlovlarda yana ham yaxshi natijalarni qo‘lga kiritishimiz mumkin edi.
2- masala yuzasidan metodbirlashma rahbari S.Raxmonova so‘zga chiqib,fan olimpiadalarda viloyat bosqichida faxrli o‘rin ola olmaganligimiz faoliyatimizdagi kamchiliklardan biridir. O‘ylaymanki, bu yilgi 2023-2024 o’quv yilida bu kamchiliklarni bartaraf etamiz,-deb ta’kidladi. Metodbirlashma rahbari yana shuni qo’shimcha qildiki, ish tajribalarni ommalashtrishda o‘tgan o‘quv yilida ish tajribalarni metodik majmuasi ommalashtrish.uz platformasiga joylanmaganligini, natijada pedagoglarga ustama tayinlashda ommalashtrish bandi bo‘yicha ball qo‘yilmaganligini tanqid ostiga oldi. Bu yilgi o‘quv yilida ushbu kamchilikka yo‘l qo‘ymaslik bo’yicha ko‘rsatmalar berib o‘tdi.
Dostları ilə paylaş: |