Farg‘ona tumani xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 38-o’rta ta’lim maktabi ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi Abdurahimova Hanifaxonning o‘quvchilar bilimidagi bo‘shliqlarni aniqlash bo‘yicha METODIK TAVSIYASI O`quvchilar bilimida paydo bo`lgan bo`shliqlarni to`ldirish metodikasi: O`quvchilar bilimida paydo bo`lgan bo`shliqlarni to`ldirish uchun asosan
o`qituvchiga pedagogik mahorat kerak bo`ladi.
Pedagogik mahorat nima ? - ta`lim – tarbiya jarayonini doimo revojlantirib
yuksak darajaga olib chiqish san`ati bo`lib, bu har bir pedagog uchun xos ,
qachonki u bolalarni va ishini sevsa.
Pedagog - bu yuksak madaniyatli mutaxasis , o`z fanini chuqur bilishi
umumiy va bolalar psixologiyasini yaxshi biluvchi ta`lim – tarbiya metodikasini
mukammal biluvchidir . U bilimida bo`shlig`i bor o`quvchilar bilan ishlay
oladi va uni bartaraf etadi.
Bilimida bo`shlig`i bor bo`lgan o`quvchilar bilan ishlash uchun asosan interfaol
usullalaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Axborot texnologiyalaridan
foydalanish, axborot, ma`lumot to`plash orqali bilimida bo`shlig`i bor
o`quvchilar bilan ishlash bo`shliqlarni to`ldirishni jadallashtiradi.
Ta`limning dedaktik tamoillari va o`quv jarayonini tashkil etish va olib
borishning xususiy tamoillari quyidagilarga bog`liq:
- Mustaqillik;
- Rivojlantirish;
- Kolliktivlik, jamoaviy ish;
- Javobgarlik;
- Psixologik ta`lim.
BMK larini aniqlashning usullari : - Test;
- Reyting asosida;
- Yozma ish;
- Kuzatish;
- Suhbat;
- Tajriba;
- Tarjimaiy hol;
- Faoliyat tahlili; kabilar bo`lib, uni o`tkazish hech kimga unchalik
qiyinchilik to`g`dirmaydi. Pedagoglar o`rtasida ta`limda tarbilaymiz, tarbiyalab turib ta`limni shakllantiramiz degan tushuncha bor. Shuning uchun tarbiyaning ta`limdagi ta`limning tarbiyadagi o`rni beqiyos. Demak bilimida bo`shlig`i bor o`quvchilar bilan ishlash uchun ham tarbiyaviy , ham ta`limiy, ham revojlantirish , ham mafkuraviy, ham kasbga yo`llash bo`yicha tahlil etishimiz lozim .
Zero bu ta`limning 5 ta asosiy maqsadlari bor.
Bilimida bo`shlig`i bor o`quvchilar bilan ishlash uchun bolaning talabi,
moyilligi , istak hohishi uning imkoniyatlari darajasida qoldiriladi. Bunda:
O`quvchining o`quv mehnatiga mas`uliyati , javobgarligi va burchi oshadi.
Bilimlarni mustaqil egallash malakasi shakllanadi .
Shaxs jamiyatda o`z o`rnini tezroq topib olishiga muhit yaratiladi .
Bilimida bo`shlig`i bor o`quvchilar bo`shliqlarini to`ldirishda o`qituvchining
kabeniti, ko`rgazmalari , jihozlari, ilmiy maqola va bolalarni o`qitishi baholanib
emas , balki darsni tashkil etishi, o`quvchining psixologik xususiyatlarini
revojlantirishi , o`qishga o`rgatish kabi tamoillari hisobga olinishi lozim.
O`qituvchi ta`lim mazmunini , darslikni, DTS ni, dasturlarni o`zgartira olmaydi, yaxshi ta`lim - tarbiya jarayoniga ijodiy yondoshib uni boshqacha tashkil
etishi mumkin. Tashkil etganda ham qo`yidagi qoidalarga javob berishi lozim.
- Dars (o`quv ta`lim jarayoni) ta`lim qanday psixologik qonuniyatlar
asosida tashkil etilgan?
- Bu tajribada ta`lim va revojlantirishning borligi.
- Tafakkur (fikrlash) qay darajada , qanday turlari revojlantiriladi.
- Shaxsiy xususiyatlar qanday revojlantiriladi?
- Mustaqil bilim olish, munosabat va muloqat qay darjada , qanday yo`llar
bilan amalga oshirilgan?
Bilimida bo`shlig`i bor o`quvchilar bilan ishlaydigan o`qituvchilarga
qo`yiladigan asosiy talablar.
- Ta`lim berish mahorati ;
- Tarbiyalay olish mahorati;
- O`quv – tarbiya jarayonida inson omilini ta`minlovchi shaxsiyat fazilatlari .
- Ta`lim oluvchining bilimlarini xolisona baholay olish va nazorat qila olish
mahorati.
Ilg`or o`qituvchida bo`lishi lozim bo`lgan mutaxasislik sifatlari.
- Pedagogika nazariyasini bilishi;
- Pedagogik mahoratga ega bo`lishi;
- Psixologiyani teran bilishi;
- Ta`lim – tarbiya texnologiyasini bilishi;
- Mehnatni to`g`ri taqsimlay olishi ;
- Ishiga muhabbatli va sadoqatli bo`lishi ;
- Pedagogik qobiliyatli bo`lishi;
- Umumiy bilimdonlik;
- Sabr – toqatlilik ;
- Xissiyotlarni boshqara olishi;
- Bolalarni sevishi va tushuna olishi ;
- Nutq madaniyatiga ega bo`lishi;
- Muloqat madaniyatini egallashi;
- O`ziga va o`zgalarga talabchan bo`lishi;
- Taktikali bo`lishi;
- Tashkilotchilik.
Bilimida bo`shlig`i bor o`quvchilar bilan ishlash uchun o`qituvchidan mahorat
talab etiladi.
Pedagogka qo`yiladigan talablar va o`quv – tarbiya jarayonini amalga oshirish
shartlari qo`yidagi bosh omillar bilan aniqlanadi.
- Qo`llab quvvatlash va o`quv jarayoni muhiti;
- Fanni chuqur bilish, kasbiy omilkorlik;
- Yangi pedagogik texnologiyalarini bilishi, AKT , kompyuter texnologiyalarini bilish, kasbiy axborot manbalari sifatida chet tillardan birortasini
bilishi;
- Yangi uslubiy va bilim manbalari sifatida ilmiy uslubiy ishlarni olib
borishi;
- Uzluksiz ta`lim tizimining me`yoriy hujjatlarini bilishi;
Tarbiyalay olish mahorati - pedagogning yuksak madaniyati va ma`naviyat
saviyasiga , shaxsiy axloqqa , vatanparvarlik va burchiga asoslanadi .
Pedagogning o`quv – tarbiya jarayonida inson omilini ta`minlovchi shaxsiy
fazilatlarga qo`yidagilar kiradi.
- Talabchanlik;
- Adolatlilik ;
- Halollik;
- Hayrihohlik;
- Kirishimlilik;
- Hazil – mutoyiba hissi.
Bilimida bo`shlig`i bor o`quvchilar bilan ishlashda mutaxasislarning tavsiyasi:
- Har bir bola takrorlanmasdir;
- Yaqin qarindoshlarining ta`siri bolalar uchun juda muhimdir. Ular
yaqinlarining fikrlarini inobatga oladilar.
- Agar maktab va oila o`zaro aloqada bo`lsa , bu eng yaxshi natijalarga
olib kelishi mumkin.
- Bolalar uchun turli xil o`quv rejasini tuzish.
- Bolaning o`ziga nisbatan baholashni bilishimiz juda muhimdir. Bola
o`zining oldiga qo`ygan har qanday vazifalarni ham bilishi lozim.
- Bolaning muammolari: maktabni yoqtirmaslik. Bunday holat bola
uchun asosan maktab dasturi zerikarli va qiziq bo`lmagan holatda sodir
bo`ladi.
- Maktabda uning do`sti bo`lmasa yakkalanib qoladi.
- O`qituvchi muammolarini yechishi kerak .
- Maktabdagi to`garaklarga o`quvchining qiziqishiga qarab jalb etish.
Pedagogik mahorat o`qituvchining kasbnomasiga eng asosiy sifat tarzida berilgan.
Pedagogik mahorat shunisi bilan ajralib turadiki , bunday o`qituvchilar har
qanday vaziyatdan chiqa oladi, javob topa oladi. Va o`quvchilarning
tarbiyalanganlik va bilimdonlik darajasining samaradorligiga erisha oladi.
Bunday o`qituvchi o`z fanini chuqur biladi .
Birgina bilimni o`zi yetarlimi? Uni o`quvchilarga yetkaza bilish ham kerak .
Bu esa metodika . Agar uzluksiz malaka oshirib o`z ustiga ishlasa va
pedagogik tajribani kuzatib o`rganib borsa, Xush bu mahorat nimalarga
nomoyon bo`ladi?
1. Albatta birinchi o`rinda dars to`radi. Ya`ni o`qita bilish. O`qituvchilar
faoliyatini boshqara bilish. Darsda o`rganish, . Uyga vazifa bu
chuqurlashtirish , to`ldirish xolos. Darsda o`qituvchi rejissyor .
2. O`quvchilarni faollashtirish qobiliyatini revojlantirish mustaqillikka
o`rgatish. Bunday o`qituvchi o`quvchilarni fikrlashga ijodkorlikka
mustaqil ishlashga bir – biridan o`rganishga o`rgatadi.
3. Pedagogik mahoratning yana bir jihati ta`lim jarayonida tarbiyalashdir.
O`qituvchi ta`lim jarayonida axloqiy xislatlarni , vatanparvarlik,
mehnatsevarlik, mustaqillik kabi xislatlarni shakllantiradi.
4. Ijodiy hissiyotni shakllantirish esa oddiy usullar , xissiyot faollik , hazil
– mutoyiba , qiziqarli misollar, ijodiy tanqid, takroriy bo`lmagan
metodlar, orginal variantlar kabi ishlar bilan olib boruvchi o`qituvchi
mahoratidir .
O`quvchilar bunday o`qituvchini va fanini sevadi.
5. Pedagogik mahorat - pedagogik texnika , fakt, temp, shaxsiy sususiyat,
bilim, dunyoqarash, umumiy bilimdonlik, ilg`or tajribani bilish, ta`lim -tarbiyaning qonunlkari , tamoyillari vazifasi , maqsadini vositasini
bilishdir.
6. Pedagogik mahoratning asosiylaridan yana biri muloqat. Muloqat
psixologiyasini bilishdir. O`z shaxsiy xuusiyatlari va o`quvchilarning
shaxsiy xususiyatlarini bilish orqali munosabatda bo`lish. O`z diqqatini
boshqara olish , hissiyotini boshqarish va uni ko`rsata olish , nutq, nutq
madaniyatini bilish.
Makarinko shunday degan edi “ men bir so`zni 15 – 20 xil ohang bilan va yuz, tovush gavdamni 20 xil holatga tushira olganimdan so`ng o`zimni haqiqiy
pedagog deb hisoblayman”.
Amerkalik pedagoglar Brofi va Tudlar “ O`qituvchi va o`quvchi munosabati”
kitobida shunday yozadi. “ O`qituvchi uchun muloqat tabiiy va xursandchilik
bo`lmasa - o`qituvchi maktabdan ketishga tayyor bo`laversin”.
Ta`lim – tarbiya jarayonining asosiy maqsadi va vazifasi barkamol, yetuk
shaxslarni , ya`ni komil insosni yetkazish - shakllantirishdan iborat. Shunday
ekan biz ta`lim – tarbiya samaradorligini o`quvchilarning qay darajada BMK
larga ega ekanliklarini , tarbiyalanganlik darajalari, mustaqil bilim olishga ,
hayotga o`z o`rinlarini topish uchun qanday tayyorgarligi bilan o`lchashimiz
baho berishimiz lozimligini bilishimiz lozim.