TAVSIFNOMA
6- “ D ” sinf o’quvchisi Abdug’afforov Ozodbek Nazirjon o’g’li bilimli, ijodkor va boshqalarga nisbatan iqtidorli o’quvchi. Barcha fanlarni yaxshi o’zlashtiradi va a’lo baholarga o’qiydi. Shuningdek dunyoqarshi keng o’z fikrini boshqalarga fikrini erkin tushuntirib bera oladi, jamoat ishlarida, tadbirlarda, bilimlar bellashuvlarida ham faol qatnashadi. O’z ona tilidan tashqari ingliz va rus tillarini biladi va o’rganish jarayonini davom ettirmoqda. O’z ustida doimiy ravishda ishlashi tufayli so’z boyligi yuqori. Mustaqil ravishda sodda gaplarni tuza oladi,o’zi haqida qisqacha ma’lumot bera oladi. O’qituvchilari va sinfdoshlari bilan yaxshi aloqada, tarbiyali o’quvchi. Dars jarayonlarida muntazam qatnashadi, darsliklar bilan cheklanib qolmay, zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan ham foydalana oladi. Yoshligidan sport to’garaklariga qatnab keladi. Sport yo’nalishlarida bir necha tadbir va musobaqalarda olgan faxriy yorliq va diplomlari mavjud.
Ingliz tili bilan ko’p vaqt shug’ullanganligi va bu fanga yuqori qiziqishi tufayli, ingliz tilida o’qish, yozish, gapirish va tinglash qobiliyati sinfdoshlariga nisbatan yuqori. O’zi mustaqil ravishda mavzuni o’zlashtiradi va darsni tashkillay oladi. Xotirasi juda ham yaxshi rivojlanganligi uchun ingliz tilidagi qisqacha yozilgan hikoyalarni eslab qolib mazmunini ayta oladi.
Mas’uliyatli o’quvchi sifatida o’z kelajagi haqida qayg’uradi va fanlarni yaxshi o’zlashtirib, oliy o’quv yurtida o’qishni davom ettirishni, kelajakda malakali kadr bo’lib yetishishni maqsad qilgan.
Tavsifnoma beruvchi talaba: N.G’aniyeva.
AMALIYOTCHI TALABAGA TAFSIFNOMA
Qo’qon Davlat Pedagogika instituti Mehnat ta’limi yo’nalishi 3- kurs
301- guruh talabasi G’aniyeva Nafisaxonga Farg’ona viloyati O’zbekiston tumani 16-umumiy o’rta ta’lim maktabida 05.04.2021dan 05.05.2021 gacha amaliyot o’tash davri bo’yicha
TAVSIFNOMA
G’aniyeva Nafisaxon Sodirjon qizi pedagogik amaliyot o’tash davrida o’zining intizomi bilan boshqa talabalardan ajralib turdi. Dars mashg’ulotlarini tashkillashda texnologiya fani o’qituvchisi X.Olimovaga astoydil ko’makchi bo’lib, o’zining nazariy bilimlarini amaliyotda qo’llashi bo’yicha tirishqoqlik bilan faoliyat olib bordi.
Maktab o’qituvchilaridan dars o’tish metodlarini yaxshi o’zlashtirib, o’zi ham mustaqil tarzda darslarni o’tkazdi, muntazam mashg’ulotlar olib bordi.
Darsdan tashqari paytlarda past o’zlashtiruvchi o’quvchilar bilan qo’shimcha mashg’ulot olib bordi. Sinf bilan ishlashda, jamoa topshiriqlarini bajarishda, o’quvc Mas’uliyatli o’quvchi sifatida o’z kelajagi haqida qayg’uradi va fanlarni yaxshi o’zlashtirib, oliy o’quv yhilar bilimini oshirish yo’nalishida yaxshi natijalarga erishib, amaliyot davrini o’tadi.
Maktab direktori: Sh. Ahmedov.
Fan o’qituvchisi: X. Olimova.
Dostları ilə paylaş: |