FARG’ONA VILOYATI XALQ TA’LIMI BOSHQARMASI
BAG’DOD TUMANI XTB
53-UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABI
GEOGRAFIYA FANI O’QITUVCHISI RUSTAMOVA ZILOLANING
“DARS JARAYONIDA KO’RGAZMALI QUROLLARDAN FOYDALANISHNING AFZALLIKLARI”
MAVZUSIDAGI
MA’RUZASI
Ta’limni tarbiyadan, tarbiyani esa, ta’limdan ajratib bo‘lmaydi – bu sharqona qarash, hayot falsafasi. Ana shu oddiy talabdan kelib chiqqan holda, farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lgan, ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga etkazish – ta’lim-tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasi bo‘lishi lozim.
Islom Karimov
Pedagoglar mutaxasislik bo‘yicha mavjud bilimlaridan tashqari o‘quv jarayoniga qadam qo‘yar ekanlar, pedagogik va psixologik bilimlar, texnologiya va o‘qitish metodikalariga doir zarur bilimlarni egallagan bo‘lishi kerak. SHuning uchun ham, pedagoglarning malakasini oshirishda:
o‘qitish jarayoninig samaradorligini ta’minlovchi pedagogik malakalarni shakllantirish;
ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, gumanitar bilimlarni anglashga yo‘naltirilgan yangi kasbiy tafakkurni shakllantirish;
o‘qituvchi faoliyatining metodologik asosi sifatida pedagogik bilimlar tizimini egallash;
o‘qituvchilarning kasbiy faoliyatlariga yaqinlashtirilgan uslublar tizimi sifatidagi o‘qitish texnologiyasini egallash masalalari asosiy deb belgilanadi.
Asosiy maqsad. Respublikamizning ta’lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatayotgan pedagog kadrlarga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni o‘rgatish, pedagogika va psixologiya fanlariga oid bilimlarini yanada mustahkamlash va olgan bilimlarini o‘quv-tarbiyaviy jarayoniga qo‘llay olishga o‘rgatish,shuningdek, ularga pedagogik mahorat sirlarini ochib berishdan iborat.
Zamonaviy o‘qituvchilarning bilim va ko‘nikmalariga qo‘yiladigan talablar. O‘qituvchilar o‘zlari o‘qitayotgan o‘quvchilarining ruxiyatlariga mos ravishda muloqotda bo‘la olish, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni egallash va o‘quv-tarbiyaviy jarayonda qo‘llay olishi kerak. bugungi kunda an’anaviy ta’limni zamonaviylashtirish yo‘lida birgina texnologiyaga asoslangan o‘qitish uchramaydi. odatda, o‘qitishda bir necha texnologiyalarning elementlari birdaniga qo‘llaniladi, chunki pedagogik texnologiya – bu o‘quv jarayonini to‘liqligicha egallovchi loyiha, yaxlitlilik, natija, ya’ni o‘quv jarayonini inson va texnik imkoniyatlarini hisobga olgan holda aniq maqsad, natijaga yo‘naltirilgan jarayondir.
O‘qituvchi zamonaviy pedagogik texnologiyalarning o‘quv-tarbiya jarayonidagi o‘rni, ulardan foydalanish, shuningdek, usul, metod va texnologiya tushunchalarining farqlay olishlari, “Aqliy hujum”, “Tarmoqlar” (Klaster) “Assesment” metodlari, “Bumerang”, “Skarabey”, “Charxpalak”, “Rezyume” “Keys-stadi” va shu kabi texnologiyalar haqidagi bilimlarga ega bo‘lishlari va ulardan o‘quv-tarbiya jarayonida foydalana olishlari lozim.
Hozirgi davrda sodir bo‘layotgan innovatsion jarayonlarda ta’lim tizimi oldidagi muammolarni hal etish uchun yangi axbortni o‘zlashtiradigan va o‘zlashtirgan bilimlarini o‘zlari tomonidan baholashga qodir bo‘lgan, zarur qarorlar qabul qiladigan, mustaqil va erkin fikrlaydigan shaxslar kerak.
Shuning uchun ham ta’lim muassasalarining o‘quv-tarbiyaviy jarayonida zamonaviy o‘qitish uslublari, ya’ni interfaol uslublar, innovatsion texnologiyalarning o‘rni va ahamiyati beqiyosdir. Pedagogik texnologiya va ularning ta’limda qo‘llanishga oid bilimlar, tajriba o‘quvchilarni bilimli va etuk malakaga ega bo‘lishlarini ta’minlaydi.
Har bir darsni yaxlit holatda ko‘ra bilish va uni tasavvur etish uchun o‘qituvchi bo‘lajak dars jarayonini loyihalashtirib olishi kerak. Buning uchun u darsning texnologik xaritasi har bir mavzu, har bir dars uchun o‘qitilayotgan predmet, fanning xususiyatidan, o‘quvchilarning imkoniyati va ehtiyojidan kelib chiqqan holda tuziladi.
Hozirgi zamon ta’lim tizimidagi amaliy tajriba shuni ko‘rsatadiki oldindan puxta loyihalashtirilgan dars, albatta, o‘qituvchi va o‘quvchiga darsni qiziqarli bo‘lishi, shuningdek ijobiy natijaga erishishlariga imkoniyat yaratadi hamda darsning samaradorligini oshiradi.
Dostları ilə paylaş: |