Farhod va Shirin (I- qism) Alisher Navoiy


Farhod va Shirin (I- qism)



Yüklə 1,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə107/270
tarix05.04.2022
ölçüsü1,43 Mb.
#54728
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   270
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8

Farhod va Shirin (I- qism) 
Alisher Navoiy 
 
107 
library.ziyonet.uz/ 
 
Bori ishdin ibodat ixtiyorim,  
Salohu zuhd ila taqvo shiorim.  
Manga bir tun baloye boʻldi tori,  
Muqavvas koʻkdin oʻqi tegdi kori.  
Tushumga kirdi bir farxunda kishvar  
Ki, koʻrmaymen anga monanda kishvar.  
Nishoni ulcha koʻrmish erdi bir-bir,  
Anga borin yako-yak qildi taqrir.  
Yetishtikim degay ul mohi dilxoh,  
Dey olmay bexud oʻldi tortibon oh.  
Bilib Shorur aning holin kamohi,  
Boʻlub jon birla oning choraxohi.  
Boshin oʻz koʻksiga qildi hamogʻush,  
Dimogʻigʻa keturdi sa’y ila hush.  
Ul el tortib aning ruxsorigʻa may,  
Boʻlub behush ichmakdin rayoray  
Ki, har soʻzkim debon ul ikki hamroz,  
Alar fahm etmayin anjomu ogʻoz.  
Koʻrub Shorur ul majma’ni bexud,  
Qilib Farhod ishigʻa sa’y behad.  
Dedi: «K-ey zodi sarvi boʻstoni,  
Va lekin torqon osebi xazoni.  
Bu yangligʻkim sanga men hamdam oʻldum,  
Bori maxfiy ishingga mahram oʻldum.  
Hamono bu emish Tengriga taqdir  
Ki, qilgʻaysen manga holingni taqrir.  
Hamul ganjeki boʻlmishdur umiding,  
Yetishgay qufligʻa mendin kaliding.  
Yema gʻamkim bu yerkim deding oni,  
Sarosar vasfigʻa berding nishoni  
Ki, yoʻq ul nav’ dilkash yer jahonda,  
Koʻrubmen oniyu boʻlmishmen onda.  
Havosi jonfizo, gul anda xirman,  
Nazohatda Eramdek, oti — Arman.  
Borur boʻlsang sanga hamrahliq aylay,  
Demay hamrahliq, chokarliq aylay.  
Koʻrub Farhod mundogʻ nuktaovar,  
Oʻzi baxtidin etmas erdi bovar.  
Degan afsonani fahm etti Shorur  
Ki, bovar aylamas ul zor mahjur.  
Dedikim: «Chun inonmassen kalomim,  
Sanga sobit qilay andoqki komim».  
Chiqardi safhavu kilkin qalamzan,  
Hamul yer suratin boʻldi raqamzan.  
Aningdek qildi tarh ul naqshi diljoʻ  
Ki, yoʻq erdi tafovut bir sari moʻ.  
Chu Farhod ul raqam nazzora qildi,  
Aning da’vosi chin erkonni bildi.  
Torilgʻoch doʻst mulkidin nishoni,  
Yiqildi mast tortib doʻstgoni.  
Ketur soqiy, manga ishrat ayogʻin  
Ki, davron berdi maqsudim soʻrogʻin.  



Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin