Farhod va Shirin (I- qism) Alisher Navoiy


Farhod va Shirin (I- qism)



Yüklə 1,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə115/270
tarix05.04.2022
ölçüsü1,43 Mb.
#54728
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   270
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8

Farhod va Shirin (I- qism) 
Alisher Navoiy 
 
115 
library.ziyonet.uz/ 
 
Kamand oʻlmayki, ikki shomi dayjur,  
Apoda farq etib bir xatti kofur.  
Boʻlub me’jarda ul mushki siyahtob,  
Qaro shomiki yorqay oni mahtob.  
Yuzi atrofida durri laoli,  
Quyosh davrida axtarlar misoli.  
Ne durkim sekretib bu charxi gardon,  
Quyoshning chashmasidin qatra har yon.  
Iki qoshi hiloli fitnaangez,  
Yozilgʻon koʻp ul oy boshida xunrez.  
Mudom aylarga qon toʻkmak kengoshi,  
Boʻlub ikkisining rayvasta boshi.  
Bu xunrez ittifoqigʻa qilib jahd,  
Yuzidin mushaf ochib qilgʻoli ahd.  
Koʻzi islom eliga topibon dast,  
Yotib mushaf yuziga kofiri mast.  
Boʻlub sihhat olurda goh ranjur,  
Boʻlub gah ayni usruklukta maxmur.  
Koʻzi behol xoboludliqdin,  
Labi maygun sharoboludliqdin.  
Ne ikki anbaroso zulf vah-vah,  
Ne ikki jonfizo lab, Alloh-Alloh.  
Shakardek lab, vale yoʻq tuz kam anda,  
Tuzekim qandi olam-olam anda.  
Bu yangligʻ qand ila tuz kimsa bilmay  
Kim, ul hayvon suyi ichra ezilmay.  
Savodi xoli oʻgʻriliqqa monand,  
Kelib kunduz kuni eltur uchun qand.  
Olib shirinliq, ammo avd etar dam,  
Ayogʻlari boʻlub shakkarda mahkam.  
Oʻgʻurlarda tuzu shakkar nihoni,  
Shakar tutmish va yo tuz tutmish oni.  
Yengi gulzorida koʻp rang ila boʻ,  
Labi ayn ul-hayotidin ichib suv.  
Ravonrarvar yuzining toza vardi  
Ki, hayvon chashmasidur obxoʻrdi.  
Ogʻiz ustida burni turfa timsol,  
Tutub yonida manzil hinduyi xol.  
Qoʻyub ul hinduyi tojir sifoti,  
Shakar tungida
(9)
 Hinduston naboti.  
Naboti Hind yoʻqkim, gʻunchai gul,  
Qilib devona Aqli Kullni bilkul.  
Kumushdek rangi nasrinfomi oning,  
Kumushdin gʻunchadek andomi oning.  
Boʻlub har kirriki bir noʻgi xoma,  
Qorortib qatl uchun yozmoqqa noma.  
Varaq aylab anga lavhi uzorin,  
Qorortib olam ahli roʻzgorin.  
Qadi ozoda jannat savsanidek,  
Yuzi gul, lek oʻzi gul xirmanidek.  
Harorat otashin la’lidin oshib,  
Hamul gul xirmanigʻa oʻt tutoshib.  



Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin