Farhod va Shirin (I- qism) Alisher Navoiy


Farhod va Shirin (I- qism)



Yüklə 1,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə116/270
tarix05.04.2022
ölçüsü1,43 Mb.
#54728
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   270
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8

Farhod va Shirin (I- qism) 
Alisher Navoiy 
 
116 
library.ziyonet.uz/ 
 
Sharar qilgʻoch ul oʻtdin mayli aflok,  
Quyosh boshdin-ayogʻin oʻrtabon pok,  
Zaqan davrida andoq xatti mavhum  
Ki, qilgʻay oni solim savq ma’lum.  
Nechukkim mehr yonida hiloli,  
Koʻrunur yo koʻrunmasdin xayoli.  
Bu davrikim ani tasvir etib vahm,  
Ogʻizni nuqtasi taqdir etib vahm.  
Quloqda durri nobi gavhari ham,  
Qamar davrida Zuhra, Mushtari ham.  
Qadu oraz bila shamshodu gulfom,  
Ne shamshodu ne gul, sarvi gulandom.  
Qadi ruh ofati chobukluk ichra.  
Beli jon rishtasi nozukluk ichra.  
Boʻyu jismin deyolmon quchqu yangligʻ,  
Paridek chustluqdin uchqu yangligʻ.  
Labidin jon tomib bisyor-bisyor,  
Soʻzidan shahd oqib xirvor-xirvor.  
Labidin tomibu oqib latofat,  
Yuzidin oqibu tomib malohat.  
Boʻyida hullalardin ruh olib qut,  
Vale alvonidin yuz aql mabhut.  
Qilib kirrik oʻqidin tiyrboron,  
Nechukkim togʻ aro abri bahoron.  
Labining har soʻzi yuz jongʻa ofat,  
Sochi har tori ming imongʻa ofat.  
Bu yangligʻ qotiloso kelsa koʻzga  
Yoʻq ish oh urmoqu oʻlmoqdin oʻzga.  
Yururda raxshi aylab togʻni rast,  
Oʻzi ot uzra jomi husnidin mast.  
Falak raxshida mehri xovaridek,  
Ne raxshu mehr, dev uzra Paridek.  
Qayonkim tavsanin aylab ravona,  
Yiroqtin alhazar aylab zamona.  
Bu yangligʻ surdi xopokoʻb tavsan,  
Anga tegruki erdi xoraafkan.  
Biyikrak chiqtiyu har sori boqti,  
Zamin birla zamonni oʻtqa yoqti.  
Ne koʻrdigʻ Xora ichra xorakove,  
Qozib xopoda metin birla nove.  
Dema nove, ne nove qaysi xoro,  
Boʻlurcha oʻn tegirmon suvgʻa majro.  
Qilib xorogʻa barnoye siteza,  
Urub zarb aylar erdi reza-reza.  
Ne barnozod
(10)
, sarvi boʻstoni,  
Koʻrub davrondin osibi xazoni.  
Shukuhidin boʻlub xoro haroson,  
QOʻpub metinining ollidin oson.  
Muqavvas qoshida chin, ogʻzida band,  
Qadin gʻam togʻi aylab qavs monand.  
Biyikrak haykali ahli zamondin,  
Fuzunroq shavkati rili damondin.  



Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin