Farhod va Shirin (I- qism) Alisher Navoiy


Farhod va Shirin (II- qism)



Yüklə 1,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə124/270
tarix05.04.2022
ölçüsü1,43 Mb.
#54728
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   270
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8

Farhod va Shirin (II- qism) 
Alisher Navoiy 
 

library.ziyonet.uz/ 
 
Bor erdi qasrning oʻrnida bir tosh,  
Biyiklikda falakdin oshurub bosh.  
Mudavvar vaz’ ila rargori oning,  
Va lekin davri besh yuz qori oning.  
Bu yangligʻ xoragʻa xoroburi chust,  
Ura boshladi metin zarbasin rust.  
Yoʻnub atrofin andoq berdi hanjor  
Ki, qasre aylagay charxi barinvor.  
Chu oz fursat ul ishga boʻldi mashgʻul,  
Qoyodin yoʻndi qasri oʻyla maqbul.  
Su sori toqi oliyshoni oning,  
Yetib koʻk toqigʻa ayvoni oning.  
Ichinda gunbazi ayvongʻa loyiq  
Yana dahlezi gunbazgʻa muvofiq.  
Yana uch sori ham uch toqu ayvon,  
Uyolib har biridin toqi Kayvon.  
Har uy lutfu safodin oyat anda,  
Ravoqu rahbalar begʻoyat anda.  
Bu yangligʻ yoʻndi qasri olamoro,  
Bori ajzo anga bir rora xoro.  
Qilib ayvonida yuz tarh tahrir.  
Mavoze’ tarh qildi bori tasvir.  
Chekib ul sarvi gulrux taxtu johin,  
Bu taxt uzra hamul husn ahli shohin.  
Parilar qulluq aylab xizmatida,  
Parivashlar qoʻyub yuz hazratida.  
Bu suratlarni aylab garchi bejon,  
Bularni aylabon surat, ani jon.  
Chekib yuz ming bu yangligʻ turfa timsol  
Oʻzin ul shoʻx oʻtrusida behol.  
Qayu mavzudakim, ul mohrora  
Muning shakli qilib bexud nazora.  
Bu ishlarda boʻlub Shorur yori,  
Yetib har birga kilki chirakori.  
Bu sizsa odami, taksir etib ul,  
Bu cheksa jonvar, tash’ir etib ul
(10)
.  
Chu ul oy suratin aylab guzorish,  
Oʻzi xoro uza aylab nigorish.  
Chekarda ul jamoli getioroy  
Gahi ohe chekib, gahi chekib voy.  
Bu yangligʻ qasr topib zebu oyin,  
Latofat ichra suratxonai Chin.  
Tugangach qasrgʻa bu zevaru soxt,  
Ravoni havzni ham qildi rardoxt.  
Chu boʻldi havzdin bir yoʻli forigʻ,  
Kesib har yonidin bir turfa origʻ.  
Rioyat qildi andoq vaz’u tavrin  
Ki, aylangʻay arigʻlar qasr davrin.  
Kelib dargah muhozisigʻa har nahr,  
Toʻkulgay suvlari ul sorikim shahr.  
Topib aql irtifoining shumori,  
Iki ming qori har bir obshori  
Ki, suv ondin quyi chun aylasa mayl,  



Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin