Farhod va Shirin (I- qism) Alisher Navoiy


Farhod va Shirin (II- qism)



Yüklə 1,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə125/270
tarix05.04.2022
ölçüsü1,43 Mb.
#54728
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   270
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8

Farhod va Shirin (II- qism) 
Alisher Navoiy 
 

library.ziyonet.uz/ 
 
Yasagay bogʻu boʻston anda har xayl.  
Nekim xoro chorar ish torqach itmom.  
Su boshigʻa urub xorofikan gom  
Ki, suvni bogʻlagʻay ul nahr ichiga,  
Alolo tushti mulku shahr ichiga.  
Aningdek togʻ sori tuttilar yoʻl  
Ki, igna solsa yerga tushmagay ul.  
Tamoshogʻa qoʻyub el ul sifat yuz  
Ki, kasratdin koʻrunmay togʻ ila tuz.  
Yaqo birla yurub Farhodi mahjur,  
Yonida gom urub bechora Shorur.  
Xirom aylab hunarmandi yagona,  
Koʻzidin yosh oʻlub turmay ravona.  
Tushub dilbar xayoli joni ichra,  
Solib oʻt xotiri vayroni ichra.  
Suyin turgʻuzmayin koʻzida qaygʻu,  
Arigʻ novigʻa oqib ashkidin suv.  
Bu qaygʻu eltibon oni oʻzidin,  
Oqib bechoraliq ashki koʻzidin  
Ki, mundoqkim el oʻlmish dashtraymoy,  
Tamosho qilgʻali kelgaymu ul oygʻ  
Agar kelsa meni bemor oʻlarmen,  
Vagar ham kelmas oʻlsa, zor oʻlarmen!  
Ani bu fikr andoq aylabon lol  
Ki, fahm aylab ulus tavridin ul hol.  
Mihinbonu aning keynicha pokib,  
Surub atboi beroyon mavokib.  
Tajammul onchakim, el fahmi yetmay,  
Takalluf onchakim, el bovar etmay.  
Aning har gomigʻa aylab nisori,  
Sochib boshigʻa naqdi beshumori.  
Sinuq boshigʻa boʻlmoq la’lu durrosh,  
Koʻrunub bahr aro yoqqon kibi tosh.  
Surub olligʻa gardunvash mavokib,  
Bori sur’atda andoqkim kavokib  
Ki, minmakdin boʻlub oromi oning,  
Dame tingʻay qoborgʻon gomi oning.  
Oʻpub ul bodrolarning ayogʻin,  
Tushub yoʻlgʻa tutub ikki qulogʻin.  
Ulus holigʻa oning zor yigʻlab,  
Qilib dardi koʻngulga kor yigʻlab.  
Qoʻyub ul gomu el keynicha anbuh,  
Qayu anbuh, balkim koʻh to koʻh.  
Qayon ul ketti el keynicha ketti,  
Bu holat birla suv boshigʻa yetti.  
Zamone tinmogʻin qildi bahona  
Ki, yetgaymu ul oshubi zamonagʻ  
Koʻzida suv va lekin jonida oʻrt,  
Boʻlub har sori boqmoqdin koʻzi toʻrt.  
Ketur, soqiy, mayu, daf’ et xumorim  
Ki, oʻlturdi xumori intizorim.  
Xumori hajr bas muhlik balodur,  
Anga yo vasl yoxud may davodur. 



Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin