Munungdek may manga armon boʻlubtur
Ki, dardim asru bedarmon boʻlubtur.
XXXIII Farhodning ul tosh arigʻin, balki arigʻ toshin qazib Armaniya togʻiga yetkurub ul togʻ fazosida
qasri qulla monand, balki asosi koʻh rayvand bino qilib itmomgʻa yetkurgoni va «Bahr un-
najot»
(1)
havzin qasr ollinda metini xoroshikof bila namudor qilib ul havz va arigʻ atrofin safoda
billurkirdor va jiloda oyinai chiniy davri bila dastasidin namudor qilgʻoni va bu ariqqa suv
ochmoq uchun abri bahoriydek koʻzlaridin ashkbor va durri ashkidin gavhar nisor qilib «Ayn ul
hayot» chashmasigʻa yuzlangani
Bu rangin nuktaga hangomaoro,
Bu yangligʻ qildi kilkin nomaoro
Ki, Farhod ul arigʻni chora aylab,
Qazar erdi shikofi xora aylab.
Umidi ulki bu ish torsa itmom,
Tamoshogʻa kelib sarvi gulandom
(2)
.
Yana bir qatla ham koʻrgay jamolin,
Simo’ etgay ravonoso maqolin.
Tarabdin chiqsa munglugʻ joni oning,
Jahonda qolmagay armoni oning.
Va gar xud boʻlmasa ul yon xiromi,
Bu ish sori chu koʻrtur ehtimomi.
Husuli ranju dardi dildur asru,
Ul oyning ollida mushkildur asru.
Bu mushkil ishga boʻlsa chorarardoz,
Eshitgach ul sihi sarvi sarafroz.
Muyassar koʻrsa komu muddaosin,
Bu hosil aylagay oning rizosin.
Bu nav’ ummid birla subh to shom,
Anga yoʻq erdi tosh chormoqdin orom.
Muhandisvor aylar erdi avval,
Arigʻning ikki yonin ikki jadval.
Ham uch qori kanoridin kanori,
Ham oning umqi erdi ikki qori
(3)
.
Vale har jadvalikim tortar erdi,
Hamono ming qoridin ortar erdi.
Bu ming qori sarosar torsa rardoz,
Yana ming qori aylar erdi ogʻoz.
Qilib har ming qori qozgʻonda xora,
Burun metini birla xora rora.
Burungʻi ikki yuz xopokani rust,
Tashirlar erdi singʻon xorani chust.
Arigʻ javfin alar qilgʻuncha xoli,
Bu olib teshasin ilgiga holi.
Arigʻning qilgʻoli malso xaroshin,
Qilibon teshaning raydo taroshin
(4)
.
Yoʻnargʻa teshani ilgiga olso,
Qilib yuz-yuz qori xoroni malso.
Musayqal aylabon koʻzgu masallik
Ki, anda yuz koʻrunib suv masallik.
Iki yondin qilib xoroni rayvand,