shafaqgun may tutub, aning ishqi bila ichib oʻz ishqi bila anga ichurub, bir-birining bodai
ishqidin mast
Guzorish suyidin bu havzi xoro,
Bu yangligʻ mavj qildi oshkoro
Ki, ul suv havz aro qilgʻoch tamavvuj,
Ulusqa necha vaqt oʻldi tafarruj.
Mihinbonu bila Shirini gʻamkash,
Boʻlub ul mushkil ish itmomidin xush.
Buyurdilarki torti qasri zebo,
Ayoqdin-boshqa tegru farshi debo.
Nishotu aysh oʻlub imkondin ortuq,
Sururu shodmonligʻ ondin ortuq.
Valek ul oy uzorin oh tobi,
Nazarda qilmish erdi mohtobi.
Base diltang edi bedil gʻamidin,
Boʻlub diltanglik hosil gʻamidin.
Mihinbonugʻa bas mushkil ish erdi
Ki, mahvashning xayolin bilmish erdi.
Vale tormas edi bu ishga chora
Ki, yondoshqay buluru sangi xora.
Chu koʻrdi itti bedil telbalikdin
Pari raykar dogʻi borur ilikdin.
Dedi mahvashqa: «K-ey jonimgʻa rayvand!
Hazin jonim jamoling birla xursand.
Bu shaydovash yigitkim chekti koʻp ranj
Ki, muzdi dast anga bor erdi yuz ganj.
Necha koʻp boʻlsa istigʻnosi oning
Yoʻq ersa ganjdin rarvosi oning.
Vale bizdin dogʻi xushdur muruvvat
Ki, bersak soʻz bila koʻngliga quvvat.
Anga taklif qilsak mehmonliq,
Ikimiz zohir etsak mizbonliq.
Ani istargʻa el qilsak ravona,
Tuzatsak bazmgohi xusravona.
Yasosoq sandali uzra maqomin,
Qilib diljoʻliq etsak ehtiromin.
Bular birla gar oni aylasak rom,
Rioyat aylasak nekim erur kom.
Vagar qilgʻonga boʻlmas mayli zohir,
Qilurni qilmish oʻlgʻoybiz biz oxir.
Bular gar koʻngliga boʻlmas tirozi,
Xud oʻlgʻay daf’ elning e’tirozi».
Bu soʻzdin lolarux guldek ochildi,
Rujuin ham aning rayigʻa qildi.
Mihinbonu ravoni hukm surdi,
Nekim matlub edi, borin buyurdi.
Bilurlar erdi Bonu rasmu royin,
Hamul dam torti bazm asbobi oyin.
Dedi Bonuki: «Ayvon ichra kunduz,
Qoʻyoli jomi may ichmak sori yuz
Ki, havz oʻlsun nazar olligʻa oʻtru,
Bu manzildin gʻaraz chun erdi bu suv.