Farhod va Shirin (I- qism) Alisher Navoiy


Farhod va Shirin (II- qism)



Yüklə 1,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə131/270
tarix05.04.2022
ölçüsü1,43 Mb.
#54728
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   270
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8

Farhod va Shirin (II- qism) 
Alisher Navoiy 
 
13 
library.ziyonet.uz/ 
 
Jahongʻa mushk sersa shomi dayjur,  
Qilib ravshan falakdek sham’i kofur,  
Tutoli bir nafas qasr ichra orom,  
Vale orom tutmay tortali jom».  
Iki-uch hushmandi nuktarardoz  
Yibordikim qilib har yon taku toz,  
Topib Farhodi zori benavoni,  
Keturgaylar bu majlis ichra oni.  
Borib tortilar oni zoru mahjur,  
Balou dardigʻa yoʻq haddu maqdur.  
gʻamu andisha oʻtining sharori,  
Sharori dardu mehnat beqarori.  
Topib koʻrmaktin oni yuz malolat,  
Ravon qildilar izhori risolat.  
Ayogʻlarigʻa qoʻydi bosh yigʻlab,  
Nechukkim sel toʻkti yosh yigʻlab.  
Dedi: «K-ey nuktangiz jonimgʻa ummid,  
Ne jon ummidi, balkim umri jovid.  
Izingiz gardi toji iftixorim,  
Ne qilmoqqa mening ne ixtiyorim».  
Eshitgach boʻldilar xushdil ravona,  
Ani e’zoz aylab xusravona.  
Ul oʻldi shah, bular xaylu sirohi,  
Anga tegruki erdi bazmi shohi.  
Yetishgach Bonu aylab behad ikrom,  
Dedikim, kursi uzra tutsun orom.  
Bajo kelturdi ul bemisl nodir,  
Nekim Bonugʻa boʻldi hukm sodir.  
Ishorat aylagʻach Shoruri bedil,  
Ravon kursi tubida tutti manzil.  
Chu kursi uzra manzil tutti Farhod,  
Mihinbonu takallum qildi bunyod.  
Nekim imkoni boʻlgʻay husni taqrir,  
Ravo koʻrmay aning uzrida taqsir.  
Bu ham har nav’kim anglab xitobin,  
Xijolatlar bila aytib javobin.  
Chu mardumliq hadisi torti royon,  
Ravon xon chektilar behad namoyon.  
Chu qolmay ishtiho xonlargʻa boqi,  
Surohi kelturub majlisqa soqi  
Tuzuldi oʻyla bazmi xusravoyin  
Ki, koʻrmay oʻyla charxi kajravoyin.  
Surohilar mayidin ruh olib qut,  
Qadahlar har biri bir rora yoqut.  
Boʻlub gulrang may moi maindek,  
Safou rangi la’li otashindek.  
Bu la’lu zarfning yoqut jismi,  
Hisori shira bu maxzan tilismi.  
Tilismi torqan el nogah ochilmoq,  
Havosi telbarab usruk yiqilmoq.  
Mihinbonu ichib davron ayogʻi,  
Chekib Farhod ila Shorur dogʻi.  
Ne majlis, bogʻi rizvondin namudor,  



Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin