Farhod va Shirin (I- qism) Alisher Navoiy


Farhod va Shirin (II- qism)



Yüklə 1,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə127/270
tarix05.04.2022
ölçüsü1,43 Mb.
#54728
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   270
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8

Farhod va Shirin (II- qism) 
Alisher Navoiy 
 

library.ziyonet.uz/ 
 
Dedi: «Oʻltursun ul shoʻrida ahvol!»  
Oʻpub tufrogʻni xopokoʻbi
(3)
 xoki  
Ulusni oʻrtab ohi dardnoki.  
Kelib yer tutti Bonu xizmatida  
Malak ul nav’kim gardun qatida.  
Mihinbonu navozish aylabon soz,  
Anga diljoʻyluqlar qildi ogʻoz.  
Debon har lahza shafqat birla bir soʻz,  
Hayodin ul tikib yerga iki koʻz.  
Shukuhu hilmi aylab elni bevazn,  
Giyohu xasqa togʻ ollida ne vazn.  
Adab birla berib gohi javobi  
Ki, har lafzi aning durri xushobi.  
Soʻzidin fahm oʻlub aqlu kayosat.  
Yuzidin bilgurub fahmu farosat.  
Bulargʻa munda mundoq rasm, qonun  
Ki, chiqti bir gʻubori toʻtiyogun.  
Chu rechu tob birla avj tutti,  
Falak yoʻqkim, quyosh aynin yorutti.  
Dedilar: «Bu gʻubori surmamonand  
Ki, tutti charx kuhli birla rayvand.  
Hamono xoʻblar sultoniningdur,  
Jamol avji mahi toboniningdur».  
Bu yon goʻyoki surmishdur takovar  
Ki, gardidin koʻrunmas mehri xovar.  
Ulusni surdilar ul suv boshidin,  
Ne suv, Farhod ila Bonu qoshidin.  
Yana Farhodni titratma tutti,  
Isigʻ dam jismida qonin qurutti.  
Mihinbonu kelib rand etti bunyod,  
Qasam Shirin boshidin aylabon yod  
Ki, ey farzand, bir dam tut oʻzungni,  
Dame asra koʻngul birla koʻzungni!  
Bu dam gar torsa hushung rishtasi rech  
Boʻlur bu necha yil qilgʻon ishing hech.  
Seni devonaligʻ gar qilsa magʻlub,  
Pari raykar boʻlur el ichra mahjub.  
Oʻzungni asra bir dam, boʻlma gʻoyib  
Ki, dahr ahli tilab tormas maoyib.  
Oʻzungni ham, meni ranjurni ham,  
Parishon aylama ul hurni ham.  
Bu yangligʻ koʻp sabaq irshod qildi,  
Muassir koʻp qasam ham yod qildi.  
Oʻzin zabt etkucha ul zori gʻamkash,  
Yetishti telba boshigʻa Parivash.  
Uzori birla oʻt olamgʻa solib,  
Samandardek ulus oʻt ichra qolib.  
Dema, yuz uzra zulfi anbarolud  
Ki, ul oʻt zohir aylab anbarin dud.  
Hamul oʻt shu’lasi oʻrtab jahonni,  
Bu dud aylab qaro yuz xonumonni.  
Kamoli sur’atidin sarvi gulroʻ  
Ravon aylab uzori oʻtidin suv.  



Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin