Farhod va Shirin (I- qism) Alisher Navoiy


Farhod va Shirin (II- qism)



Yüklə 1,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə138/270
tarix05.04.2022
ölçüsü1,43 Mb.
#54728
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   270
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8

Farhod va Shirin (II- qism) 
Alisher Navoiy 
 
20 
library.ziyonet.uz/ 
 
Gar oʻlsa tarbiyat kam yo ziyoda,  
Tabiat aylamas tagʻyir zoda.  
Xirad dehqoni mundogʻ nuktaye der:  
«Ki dona sochqoli yaxshi kerak yer»
(5)
.  
Bu ma’ni koʻnglida chun torti orom,  
Boʻlub bu komning keynicha nokom.  
Mamolik ichra munhilar uzotib,  
Aningdek bir samin gavhar soʻrotib  
Ki, silki izdivoji ichra chekkay,  
Agar gul eksa, gulzor ichra ekkay.  
Bu avqot ichra boʻlmish erdi mashhur  
Ki, olam ichra kelmish ravzadin hur.  
Ne hurekim yurub qilgʻoch takallum,  
Uyotdin tuboyu
(6)
 kavsar
(7)
 boʻlub Kim.  
Quyosh boʻlmish falakdin yerga nozil,  
Va lekin tutmish Arman ichra manzil.  
Ul oydin yorumish ul xittai pok,  
Quyoshdin oʻylakim bu markazi xok.  
Kishiga oʻxshamas goʻyo Paridur,  
Pari yoʻq, oftobi xovaridur.  
Nasabda jaddi a’lo anga Jamshed,  
Hasabda soʻnggʻi mavlo anga xurshed.  
Boʻlub oshuftasi nodir misoli,  
Bori fanlar aro sohibkamoli.  
Uzub eldin aning ishqida rayvand,  
Ne ul elga va ne el onga monand.  
Huvaydo haykalida koʻhtanlik,  
Qilur ashgʻoli holo koʻhkanlik.  
Demakim tesha birla koʻhkan ul  
Ki, zarbi dast ila xoroshikan ul.  
Vale tortib figʻon chekmakdin ohe,  
Boʻlub koʻhi tani andoqki kohe.  
Kupub ondin bu yangligʻ notavonligʻ,  
Pari raykar ham aylab mehribonligʻ.  
Agar ma’shuq erur fardi zamona,  
Bu oshiq ham erur fardi yagona.  
Yoyildi elga chun bu amri matbu’,  
Magar Xusravga dogʻi boʻldi masmu’
(8)
.  
Ul oy avsofini ahli zamondin,  
Eshitur erdi bal yaxshi-yamondin.  
Harorat koʻngliga solmish edi joʻsh,  
Taraddud jonin etmish erdi madhush.  
Xayolida kecha-kunduz ul erdi,  
Tilida kecha-kunduz soʻz ul erdi.  
Vale mavquf edi munhilarigʻa  
Ki, ne kelgay alar inhilarigʻa
(9)
.  
Alar ham har tarafdin onglabon hol,  
Kelibon qildilar bilganni irsol.  
Birikim bor edi Armangʻa ozim,  
Bor erdi xalq aytur soʻzgʻa jozim  
Ki, shah mahdigʻa loyiq ul Paridur  
Ki, Arman mulki oning kishvaridur.  
Yana har kimki har yon bormish erdi,  



Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin