Topib andoq kishikim boʻldi mastur,
Qilib bu muddaokim boʻldi mazkur.
Rasuli kordon soʻzning tamomin,
Chu qildi fahm, tez etti xiromin
(11)
.
Kecha-kunduz demay borur edi yoʻl,
Qadam qoʻygʻuncha Arman mulkiga ul.
Ketur soqiy, qadahkim komim uldur
Ki, ollimda ajab dushvor yoʻldur.
Ne bir sogʻarki, sogʻar tut rayoray
Ki, bu vodiyni bexud tay qilay, tay.
XXXVII Xusrav elchisi Arman kishvarigʻa yetgoni va Mihinbonu munhiylariga muddaosin zohir etib,
Bonu ani koʻrarga bazmi saltanat qurgʻoni va Hudhud Bilqis ollinda oʻlturgʻondek rasulning
Bonu qoshinda oʻlturgʻoni va Sulaymoni zamon risolatin qushlar tili bila arz qilgʻoni va tovusni
Anqo
(1)
juftlugʻigʻa soʻz solgʻoni va Bonuning bahona domin ochqoni va hiyla donasin sochqoni
va ul ziyrak qushning bu dona va domdin ram qilib qochqoni va farogʻbol hosil qilmay
qahramonligʻ Qofigʻa ketgoni va ul Qof Anqosi bu ma’nidin gʻazab minqori bila
Bu vodiy qat’ida qilgʻon sayohat,
Bu yangligʻ qildi izhori fasohat
Ki, chun Armangʻa yetti homili roz
(2)
,
Boʻlub koʻnglida yuz turluk fusunsoz.
Xabar yetkurdilar Bonugʻa navvob
Ki, davlat bu taraf boʻlmish inontob.
Rasule qasru toqi Kisraviydin,
Ne Kispokim, bisoti Xusraviydin.
Kelibdur aqldek boshtin-ayoq hush,
Takallum vaqti goʻyo, yoʻqsa xomush.
Solib Bonu quloq ul mojarogʻa,
Tushurmak hukm etib mehmonsarogʻa.
Koʻp aylab aklu shurb ichra zarofat,
Buyurdi ulcha imkoni ziyofat.
Yibordi nuktadoni hushmand el,
Daqiq idpoklik mushkilrisand el
Ki, noziklik bila aylab qiyosin,
Nekim bor onglagaylar muddaosin.
Qilib ma’lumi ul xayli yagona,
Boʻlub dargah bisotigʻa ravona.
Qilib arzida izhori xijolat
Kim, ul xijlat-oʻq aylab arzi holat.
Mihinbonu bilibkim, charxi soyir
Yana ne bulajab la’b etti zohir.
Dedikim: «Tongla asrab bor
(3)
chogʻin,
Muhayyo aylangiz koʻrmak yarogʻin.
Koʻray e’zoz ilakim mehmondur,
Ulugʻ yerdin yetishgan kordondur.
Manga ma’lumi chun boʻldi xitobi,
Degaymen har nekim boʻlgʻay javobi».
Eshitgach hukm, yer oʻrtilar ul xayl,
Chiqib hukm oʻlgʻon ishga qildilar mayl.
Tushub Bonu tafakkur olamigʻa,