Zomin tumani. 12-maktab muqaddas burch izhori qalbdan



Yüklə 6,72 Kb.
tarix01.12.2023
ölçüsü6,72 Kb.
#170191
Hujjat (2) (1)


Zomin tumani. 12-maktab

MUQADDAS BURCH IZHORI qalbdan


14-yanvar Vatan himoyachilari kuniga
bag’ishlangan tadbir senariysi
Maktab zali va sahnasi bayramona bezatilgan. Zalning bir tomonidan “O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari – yurt tinchligi va xafsizligining kafolatidir”, “O’zbekiston o’g’lonlari”, “Harbiylar hayotidan” kabi sarlavhalar ostida fotoko’rgazmalar tashkil etilgan. Ikkinchi tomonda esa “Vatan posbonlari”, “Biz munosib izdoshlar bo’lamiz” kabi mavzularda o’quvchilarning yozgan ijodiy ishlari, referatlar va rasmlar. Shuningdek, zal vatan himoyachilari kuniga bag’ishlangan ddevoriy gazetalar, rang barang sharlar va gullar bilan yasatilgan.
Bayram tantanasiga hokimiyat, xalq ta’limi xodimlari, harbiy faxriylar va xizmatchilar, askarlar va ularning yaqinlari, mahalla fuqarolar yig’ini faollari, faxriy ustozlar va ota-onalar taklif etiladi.
Zal bo’ylab Vatanimiz madhiyasi taraladi.
Ustoz: - 1992-yil 14-yanvar O’zbekiston respublikasining oily kengashining “O’zbekiston Respublikasi hududidagi joylashgan herbiy qismlar va harbiy o’quv muassalari to’g’risidagi” qarori asosida O’zbekistonning o’z Qurolli Kuchlari tashkil etildi. O’zbekiston respublikasi Oliy Kengashining 1993-yil 239-dekabrdagi “Vatan himoyachilari kunini belgilash to’g’risida”gi qonunga binoan 14-yanvar “Vatan himoyachilari kuni”, - deb e’lon qilindi.
Mustaqillik yillari yurtboshimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan harbiy islohotlar jarayonida qisqa muddat ichida O’zbekistonda mamlakatimiz xafsizligi va barqarorligi, sarhadlarimiz daxlsizligini ishonchi himoya qilishga har jihatdan qodir bo’lgan zamonaviy, eng yangi bo’lgan qurol-yarog’lar va harbiy texnikalar bilan ta’minlangan mutlaqo yangi milliy armiyamiz vujudga keldi. Uning zamirida xalqimizning ming yillar davomida shakllangan qadimiy an’ana va qadriyatlari, buyuk ajdodlarimiz jaloliddin Manguberdi, Amir Temurning Vatanga bo’lgan muhabbati va yurtga sadoqati mujassamdir.
Albatta biz milliy armiyamiz bilan har qancha faxrlansak arziydi.
O’quvchilar Anvar Obidjon so’zi, Shuxrat Dadajonov musiqasi asosida yaratilgan “O’zbekiston harbiylari” qo’shig’ini musiqa jo’rligida ijro etadilar.
Faxriylarga so’z beriladi: - Sobiq ittifoq davrida ota-ona o’g’lini armiyaga yig’i-si’g’i bilan jo’natar edi. Yigitlar tibbiy ko’rikdan yuzaki o’tkazilardi. Sho’ro armiyasi sharoitida milliy armiyachilik keng tarqalgan va buning natijasida noxushlikar ham bo’lib turgani sir emas.
Shuningdek yigitlarimiz o’z Vatanidan yiroqda, chet ellarda, hatto dunyoning chekka o’lkalarida xizmat qilishardi. Shuning uchun ota-onalar o’g’illarini armiyadan olib qolishga harakat qilishar edi.
Hozir esa yigitlarimiz armiyaga borishni orzu qiladi. Chunki istiqlol tufayli Milliy armiyamiz shakllandi. Barchamizning ma’naviyatimiz, dunyoqarashimiz o’zgardi. Biz o’zligimizni angladik. Eng quvonchlisi, O’zbekiston posbonlari o’z ona – Vatani bag’rida dildan xizmat qilmoqda.
Men hozirgi harbiylarga, xizmat qilayotgan askarlarga havas bilan qarayman. Yurtimiz tinch, xalqimiz faravon hayot kechirmoqda. Bularning barchasi Prezidentimizning yurt ravnaqi yo’lidagi g’amxo’rligi natijasidir.
O’quvchilar mehmonga guldastalar in’om qiladilar.
Harbiy xizmatchi: - Davlatimiz, yurtboshimiz tomonidan Milliy armiyaga asos solingan paytdan boshlab, kadrlar tayyorlash masalasiga katta e’tibor berilmoqda.
Harbiy xizmatchilarning kasb mahoratini oshirish, ularning jismonan baquvvat va ma’nan yetuk, milliy istiqlol g’oyalari ruhida kamol topgan harbiylarni tayyorlash maqsadida yangi zamonaviy harbiy o’quv yurtlari, oliy o’quv yurtlati, oliy harbiy o’quv maskanlari, O’zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarining harbiy akademiyasi tashkil etildi. Natijada har xil qo’shin turlari uchun yuqori malakali serjant, ofitser va komandir kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning zamon talablariga javob beradigan samarali tizimi yaratildi.
Tadbir ko‘tarik ruhda bo‘lib o‘tdi, tadbirda qatnashgan barchaga maktab jamoasi tashakkur bildirdi.
Yüklə 6,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin