Taqozo qilmay insofu muruvvat.
Koʻp oʻlsa mehribon xudkomligʻdin,
Yel ichra vahm etib badnomligʻdin.
Vale chun bilmish erdi ishqi pokin,
Bu yangligʻ ishq aro dardi halokin.
Tilab har necha kunda bir dam oni,
Ichib bir necha jomi komroni.
Chu mahvash ilgidin aylab qadah noʻsh,
Bu ham behush oʻlub, ul dogʻi behush.
Yana ul hushigʻa kelgach tutub togʻ,
Muning jonigʻa qolib yuz tuman dogʻ.
Bu yangligʻ voqi’ erdi muddati hol,
Yetishmay hol boʻlmoq erdi behol
Ki, nogohon sirehri bemadoro,
Ajab mansuba qildi oshkoro.
Bu tarix ichra magʻrib hukmroni,
Ne magʻribkim, jahon kishvarsitoni.
Ajam birla Arab mulkida dovar,
Arab birla Ajamgʻa shohu sarvar.
Shahi erdiki derlar oni Xusrav,
Mutii amri garduni sabukrav.
Jahon mulkin tutub xaylu sirohi,
Madoyin
(1)
mulki oning taxtgohi.
Nasabda topibon Kisrogʻa rayvand,
Qayu rayvand, farzandigʻa farzand.
Baqo mulkiga chun Kisro
(2)
qoʻyub yuz,
Berib ziynat aning mulkiga Hurmuz
(3)
.
Chu Hurmuzning boʻlub ul yon xiromi,
Boʻlub Rarvez aning qoyim maqomi.
Oti Xusrav, laqab otigʻa Parvez
(4)
,
Bu otu bu laqab shuhrat qilib tez.
Ulusqa irs birla hukmron ul,
Atodin to ato xusravnishon ul.
Bilibkim mulk anga yetmish qazodin,
Nekim yetti ato, yetmish atodin.
Qayu birkim qoʻyub oyini ra’fat,
Xalafqa torshurub taxti xilofat.
Yaqin anglabki davroni kuhan gard,
Anga ham tutqusi bu sogʻari dard.
Chu nogah xoli oʻlsa umri jomi,
Keraktur bir xalaf qoyim maqomi.
Agarchi aqdi zavj aylab muqarrar,
Boʻlub erdi anga gavhar muyassar.
Va lekin ermas erdi loyiqi toj
Ki, boʻlgʻaylar anga toj ahli muhtoj.
Nikoh ichra tilar erdi takarrur
Ki, torqay tojgʻa shoyista bir dur.
Topib bu ishda chun aylab taammul
Ki, shoʻra xas qilur zohir, chaman gul.
Bulutdin obi hayvon gar Topar bahr,
Boʻlur albatta pur xarmuhragʻa zahr.
Vagar xud ichsa suv oʻrnida zahrob,
Chamanda gul butar, lavnida yuz tob.