Oʻzin tufroqqa soldi bexudona.
Boshi chun ul sanamni sajda etti,
Bu olamdin yana olamgʻa ketti.
Koʻtarmak istadi boshin Parizod,
Yiqildi jismi, ketmish erdi Farhod.
Bu shirin hol chun nazzora qildi,
Aning yonida Shirin ham yiqildi.
Ikisin ogʻzigʻa tutqonda mir’ot,
Nafasdin hech asar yoʻq erdi, hayhot.
Ketur soqiy, manga mir’oti joni
Ki, anda torqamen jonon nishoni!
Chu jonon aksi koʻrguzgay bu koʻzgu,
Oʻzumdin borgʻamen ul nav’kim suv.
XXXVI Farhod bila Shirin may visolidin, balki visol mayidin birhol, balki behol boʻlgʻonlari va charxi
kabud, balki davri hasud soqiysi alarning aysh sogʻari, balki sogʻari ayshigʻa zahri hirmon, balki
behush doruyi hijron qoʻshqoni va Xusravi Rarvez Shirinning shakarlablar shohi erkanin bilib,
visoli noʻshin koʻngliga shirin qilib, shirin maqol elchidin chuchuk soʻzlar aytib yiborib, Shirin
labi jullobidin kom orzusin shakarrez qilur muddao qilgʻoni
Raqam qilgʻon bu soʻzu dard rozin,
Aningdek chekti bu raykar tirozin
Ki, chun bazm ichra ul ikki sitamkash,
Yiqildilar tana’umdin qilib gʻash.
Yana bazm ahli tortib ohu nola,
Bagʻir qoni boʻlub ichgan riyola.
Koʻtardilar ravon mahvashni bir yon,
Yana ul bedili gʻamkashni bir yon.
Anga bir uyda solib bistari noz,
Kelib yotquzdilar huzn aylab ogʻoz.
Yana bir uyda yer solib nihoni,
Yigʻishturdilar ul koʻhi baloni.
Visol ichra yetishmay oshnoligʻ,
Falak soldi aro yerda judoligʻ.
Tong otquncha ikov behol edilar,
Mashaqqat xayligʻa romol edilar.
Chu tebrandi nasimi subhgohi,
Sahargah oʻylakim Farhod ohi.
Falakni tun gʻuboridin sururdi,
Ne tun, savdo tutunin dogʻi surdi.
Ul ikki ishq savdosida madhush,
Oʻziga keldilar aylab madad hush.
Xijolatdin qOʻpub Farhodi diltang,
Baliyat togʻi sori qildi ohang.
Pari raykarda xud bir sa’b holat
Ki, aylab jonining qasdi malolat.
Mihinbonuni ojiz aylab ul hol,
Boʻla olmay ul ishda forigʻulbol.
Ne bedil tarkini tutmoqqa xushnud,
Ne mahvashqa nasihat aylabon sud.
Desakim bermayin bedilgʻa quvvat,