Manga ne yoru ne oshiq havasdur,
Agar men odam oʻlsam ushbu basdur!
(6)
Agar Bonu iloji bilsa qilsun,
Oʻzumni oʻltururmen yoʻqsa bilsun!»
Mihinbonu ani chun boʻyla koʻrdi,
Yuziga darddin ashki yugurdi.
Koʻngulga chora tarhin soldi filhol,
Koʻngul berdiyu, koʻnglin oldi filhol.
Dedi: «Yey koʻrmagingdin koʻngluma kom!
Huzuringdin hazin jonimgʻa orom.
Ne soʻzkim sen deding jonimgʻa yoqti.
Hadising joni rajmonimgʻa yoqti.
Sanga bori soʻzingda muttafiqmen,
Muhiq sen-sen dogʻi, men ham muhiqmen.
Sen emdi gʻam yema, koʻnglungni xush tut,
Tarab birla oʻzungni bodakash tut.
Tuzub men tongla jashni xusravona,
Qilay elchini uzre deb ravona».
Degan miodi birla oni koʻrdi,
Talattuf birla yoʻl ranjini soʻrdi.
Yana Xusravgʻa ham aytib duolar,
Base soʻrdi debon madhu sanolar.
Quyi solib suxanvar farqi taslim,
QOʻpub aylab anga shoyista ta’zim.
Koʻrub ul xusravona taxtu avrang,
Anga loyiq shukuhu hushu farhang.
Nihon koʻnglida yuz ming ofarin deb,
Hasabda loyiqi toju nigin deb.
Chu bazm oyinigʻa boʻldi nihoyat,
Anga in’omlar aylab bagʻoyat.
Ijozat berdi ta’zim aylabon koʻr,
Dedi shahgʻa duolar aytu yer oʻr.
Yana deb zohir etgach muncha savlat
Ki, degaylar javob arkoni davlat.
Rayomovar chu torti soʻzga anjom,
Yer oʻrti, dogʻi qoʻydi tashqari gom.
Tilab navvobni Bonu ravone,
Alargʻa sharh qildi dostone.
Ki: «Ayting bu rasuli kordongʻa,
Ki, desun Xusravi Kisronishongʻa
Ki, raygʻomiki bu jonib yibording,
Niyoz ahlini tufrogʻdin koʻtording.
Chekib tufrogʻni charxi axzar uzra,
Chiqording zarra mehri xovar uzra.
Vale tole’gʻa chun yoʻq roʻyi behbud,
Sen ar yuz muncha qilsang lutf ne sud.
Agar yuz yil bu ishga yesam armon,
Chu bu dardimgʻa darmon yoʻq, ne dermon.
Bizing birlaki sen vuslat qilursen,
Sharafdur bizga bu, sen ham bilursen.
Vale voqi’ durur bir turfa holat
Ki, bor oni demaktin ham xijolat.
Vale har neki Tengri qilsa taqdir,