5- mavzu. Islomdagi mazxablar va yo‘nalishlar.
1. Islom ta’limoti.
2. Sunniylik mazhabi va ma’naviyat.
3. Shialik: sekta, mazhabi.
Islom so‘zi arabcha –
Allohga o‘zni topshirish,
itoat etish,
taslim bo‘lish,
bo‘ysunish
ma’nolarini beradi. Islom dini ta’limoti bo‘yicha, Muhammad payg‘ambar avvalgi payg‘ambarlar
(O‘rta Yer havzasi sivilizasiyasi ichida ma’lum bo‘lgan) ishini davom ettirgan, ular dinini qayta
tiklagan,
qiyomat oldidan yuborilgan oxirgi payg‘ambar (Xotam al-anbiyo) – nabiy va rasul deb
tan olinadi.
Islom dini ichidagi uch asosiy oqimlardan biri bo‘lgan sunniylikda IX asrga kelib
besh
arkon (rukn-arabcha “Ustun” ma’nosini anglatadi) haqidagi ta’limot shakllanadi. Ko‘pchilik
ulamolar fikricha, ularni bajarish shart va ular quyidagilar:
1) Iymon – Xudoning borligi va birligini dili bilan tasdiqlab, tili bilan aytish
2) Namoz (arabcha – solat) – Har kuni besh mahal namozni ado etish
3) Ro‘za – (arabcha – savm) Xijriy-qamariy taqvimning 9 oyi Ramazon oyida ro‘za tutish;
4) Zakot – Mol-dunyosi, boyligi nisob (har yili diniy idora tomonidan belgilanadigan
ma’lum miqdor)ga yetganida qirqdan birini miskin, kambag‘al, bechora odamlarga beminnat
berish;
5) Haj – umrida bir marta Saudiya Arabistonida joylashgan Ka’bani ziyorat qilish;
Iymon. Iymon masalasida islomda (
ahl as-sunna, shi’alar, xavorijlar ichida)
avvalgi davrda
turli maktablar vujudga kelib, ular shu kungacha rivojlanib kelmoqdalar. Ba’zi ta’limotlar
(masalan,
mu’tazila, murji’a) yo‘qolib, yangi teologik maktablar paydo bo‘lgan. Shuningdek, ko‘p
hollarda alohida olingan mashhur mutafakkir-ulamoning shaxsiy yo‘li (
mazhabi) ancha
xususiyatlarga ega bo‘ladi.
Ahl as-sunna va-l-jamoa ichida klassik davrda ikki asosiy maktab –
moturidiylar va
ash’ariylar kuchli mavqega ega bo‘ldilar. Masalan,
moturidiylar nazdida aqida
masalalarida quyidagicha fikr mavjud:
“Iymon” so‘zining lug‘aviy ma’nosi
ishonmoq, tasdiqlamoq bo‘lib,
istilohda esa Lo iloha
illalloh, Muhammadur rosululloh (“Allohdan o‘zga ilohiyat yo‘q va Muhammad – Allohning
payg‘ambari va bandasi”)
kalimasini til bilan aytib (
al-iqror bi-l-lison), dil bilan tasdiqlash (
at-
tasdiq bi-l-qalb) demakdir. Mazkur ta’limot boshqalaridan
iymon masalasida
amalni alohidalashi
bilan farqlanadi.
Iymonning yetti sharti bor. Ular:
–
Allohning borligi va birligiga imon keltirish, ya’ni Allohning Qur’oni karimda va
Muhammad payg‘ambar hadislarida
bayon qilingan barcha ismlari va
sifatlariga iymon keltirish.
Ibodat qilish va sig‘inishga undan o‘zga loyiq zot yo‘q deb bilish, uning barcha buyruqlarini qabul
qilish va barcha qaytargan narsalaridan qaytish. Qur’onning «al-Ixlos» (112-) surasida Alloh
taoloning yagonaligini shunday ta’riflanadi: «Aytgin (Ey, Muhammad payg‘ambar): Alloh
yagonadir, beniyozdir (hech kim va hech narsaga muhtoj emas, balki barcha unga muhtojdir),
tug‘magan, tug‘ilmagan va uning tengi yo‘qdir» (Qur’on, 112:1-4);
–
Farishtalarning borligiga iymon keltirish. Farishtalar (
malo’ika) Allohning nurdan
yaratgan, uning buyruqlarini so‘zsiz
bajaruvchi, uning amridan tashqari chiqmaydigan xos
bandalaridir. Ulardan Jabro’il (Jibril), Miko’il kabi buyuk farishtalarning nomlari islom
manbalarida zikr etilgan. Jabro’il farishtaning vazifalaridan biri payg‘ambarlarga Allohning
vahiylarini yetkazish bo‘lgan. Farishtalardan ba’zilari odamlar bilan doim birga bo‘lib, ularning
yaxshi va yomon ishlarini yozib boradilar. Qur’onda ular «
Kiroman katibiyn» (
mukarram kotiblar)
deb zikr etilgan (Qur’on, 82: 10-12).
Bundan tashqari, tafsir kitoblarida Isrofil, Azro’il nomli
farishtalarning ismlari qayd etilgan. Qur’on va hadislarda farishtalar haqida juda ko‘p yerda so‘z
yuritilgan. Ularga ishonish iymonning shartlaridandir;
- Ilohiy kitoblarga iymon keltirish. Alloh Muhammad payg‘ambarga Qur’onni nozil
qilganidek, boshqa payg‘ambarlarga ham kitoblar tushirgan. Islom ta’limotiga ko‘ra
payg‘ambarlarga tushgan ilohiy qonunlar to‘plamiga “ilohiy kitoblar” nomi berilgan. Bulardan bir
qismi suhuf (sahifalar), bir qismi esa, “kitob” deyiladi. Bulardan birinchi qism sahifalar:
1. Odam payg‘ambarga – 10 sahifa;
2. Shis payg‘ambarga – 50 sahifa;
3. Idris payg‘ambarga – 30 sahifa;
4. Ibrohim payg‘ambarga – 10 sahifa berilgan.
Hammasi bo‘lib 100 sahifadan iborat, lekin bular bizgacha yetib kelmagan. Kitoblar esa
to‘rtta:
1. Muso payg‘ambarga – Tavrot;
2. Dovud payg‘ambarga – Zabur;
3. Iso payg‘ambarga – Injil;
4. Muhammad payg‘ambarga – Qur’on nozil qilingan.
Yuqorida nomlari zikr etilgan kitoblarning barchasi Qur’onda Alloh tomonidan nozil
qilingan deb ta’kidlanganligi sababli ularga shunday deb ishonish
iymonning shartlaridan
hisoblanadi. Islom ta’limotiga ko‘ra, oldingi ilohiy kitoblar buzilib ketganligi sababidan Qur’on
ularning ta’limotini tiklab kelgan;
– payg‘ambarlarning haqligiga iymon keltirish. Alloh insonlarga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatish
uchun payg‘ambarlar yuborgan. Barcha payg‘ambarlar bir zanjirning bo‘g‘inlari kabidirlar.
Qur’onda 25 payg‘ambarning nomlari zikr etilgan. Hadislarda payg‘ambarlarning umumiy soni
124 ming ekanligi bayon qilingan. Musulmonlar uchun ulardan Qur’onda nomi zikr qilingan va
zikr qilinmaganlarning barchasiga barobar iymon keltirish shart;
–
Oxirat kuniga ishonish. Dunyoning ibtidosi bo‘lgani kabi uning intihosi ham bor. Islom
ta’limotiga ko‘ra, bu dunyo bir sinov maydonidir. Bu dunyoda qilingan savob ishlar uchun
mukofot, gunoh ishlar uchun jazo beriladigan oxirat hayoti mavjud.
Qiyomat kuniga va oxirat
hayotiga ishonish islomning asosiy g‘oyalaridan biridir;
–
taqdirga – inson boshiga tushgan yaxshiligu yomonlik Allohdan ekaniga – e’tiqod qilish.
Yuqorida aytib o‘tilganidek, islomning ma’nosi «
taslim bo‘lmoq», «
o‘zini topshirmoq»dir.
Shunga binoan, inson hayotda ro‘baro‘ bo‘ladigan barcha yaxshi-yomon ishlarni o‘zi uchun Alloh
tomonidan belgilangan sinov va imtihon deb bilishi lozim. Yaxshiliklarga shukr qilmog‘i,
qiyinchilik va mashaqqatlarga sabr qilmog‘i iymonning shartlaridan biridir;
–
o‘limdan keyin qayta tirilish. Islom ta’limotiga ko‘ra, qiyomat kuni bo‘lganda barcha
insonlar qabrlaridan turadilar va mahshargoh maydoniga yig‘iladilar. U yerda barcha odamlar
dunyodagi amallariga qarab mukofot (jannat) yoki jazo (do‘zax)ga mahkum etiladilar.
Namoz. Namoz – islomda iymondan keyin musulmonlar ustiga farz qilingan ikkinchi amal
hisoblanadi. Namoz arkonlari Qur’oni karimda to‘liq bayon etilmagan bo‘lsa ham, ammo u haqida
ba’zi ko‘rsatma va tartiblar berilgan. Namozning vaqti, miqdori hamda ado etish tartiblari hadislar
bilan joriy etilgan. Bu masalada musulmonlar orasida har xilliklar mavjud bo‘lib, ular negizida
turli mazhab ta’limotlari shakllandi.