Tafakkur yoʻq, tahayyur olamigʻa.
Desa zohir qilay ul ish rizosin,
gʻanimat onglabon davlat asosin.
Kelib yodigʻa Farhodi sitamkash,
Hazin koʻngli boʻlur erdi mushavvash.
Bu soʻz raddin qilurgʻa boʻlsa mashgʻul,
Torilmay hech nav’i uzri ma’qul.
Desa Xusravni oʻzdin kam emastur,
Oʻzin tengsiz desa, ul ham emastur.
Agar farzan, oʻzi boʻlsa rizomand,
Boʻlurmu rozi ul shoʻxi shakarxandgʻ
Agar kuch birla boʻlsa oy rizosi,
Ne boʻlgʻay bu rizoning intihosigʻ
Vagar qilsa ibo tarhini bunyod,
gʻazanfardin yetar jayranga bedod
(4)
.
Harif ermas yolingʻa hulla chandon,
Ushotur shisha yuz ming boʻlsa sandon
(5)
.
Bu ma’nida base aylab madoro
Ki, yaxshi uzre etkay oshkoro.
Taxayyul tuxmini yuz nav’ ekti,
Ham oxir oyni ul roy ichra chekti
Ki, gardundin bu ish voqe’ durur bil,
Yamon gar yaxshisin ham fikrini qil.
Eshitgach qissani huri Parizod,
Qoʻyub tufrogʻ uza yuz, qildi faryod
Ki: «Yey na’layning oʻrni qiblagohim!
Harimi nazhating gʻamdin ranohim!
Necha yetkay sanga mendin malolat,
Necha kelgay manga ondin xijolat.
Boshimgʻa tigʻi gʻam sursang ne boʻlgʻay,
Bu soʻz deguncha oʻltursang ne boʻlgʻay.
Meni hindudek otashgahgʻa boshla,
Uzorim xolidek oʻt ichra tashla
Ki, jismim boʻlsa ul oʻt ichra nobud,
Sochimdek chiqqay ondin chirmanib dud.
Malolimdin bari olam qutulsin,
Tanim yuz ming balodin ham qutulsin.
Manga Farhod ishqi tuhmati bas
Ki, chehram koʻrmayin ul zoru bekas.
Yiqilmoqdur shiori oh tortib,
Koʻnguldin nolai jonkoh tortib.
Qulogʻi mustami’ boʻlmay soʻzumga,
Koʻzi oylar oʻtub tushmay yuzumga.
Togʻ ichra sel yangligʻ oqizib yosh,
Urub tosh uzra hardam seldek bosh.
Xayolim birla koʻnglin qone’ aylab,
Firoqim ichra umrin zoye’ aylab.
Yuzumdin didai giryoni mahrum,
Visolimdin balokash joni mahrum.
Qolib men ham yiroq ul notavondin,
Nechukkim mendin ul, men dogʻi ondin.
Bu bizga holu yuz nav’ elda shuhrat,
Ne yuz shuhratki, yuz ming nav’ tuhmat.