Farhod va Shirin (I- qism) Alisher Navoiy


Farhod va Shirin (II- qism)



Yüklə 1,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə149/270
tarix05.04.2022
ölçüsü1,43 Mb.
#54728
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   270
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8

Farhod va Shirin (II- qism) 
Alisher Navoiy 
 
31 
library.ziyonet.uz/ 
 
Magar tadbir ila oʻlgʻay muyassar.  
Emas tadbiri holo mundin oʻzga  
Ki, chekkaybiz bir ish naqshini soʻzga».  
Fusungar aytibon yolgʻonu chindin,  
Chekar af’ini afsun birla indin
(2)
.  
Degach bu soʻz topib shaxsi suxandon,  
Uzottilar ani gʻamginu xandon.  
Kelib qoʻrgʻongʻa ul farxunda rovi,  
Bu yangligʻ ayladi soʻz kov-kovi  
Ki, shahkim charxni rom aylamishdur,  
Qamargʻa bu soʻz e’lom aylamishdur  
Ki, biz farzandliq tarhini solib,  
Buyon keldik vafo koʻsini cholib.  
Burunkim tushmamish amre apoda,  
Qiling andoqki, qilmishbiz ipoda.  
Agar avvalgʻidektur soʻz hisobi,  
Bu soʻzdur ul Parishon soʻz javobi  
Ki, siyminbarki keldi mehri ofoq,  
Gar oʻlsa siz degondek juftdin toq,  
Yeranlar maylidin fard oʻlsa zoti,  
Alargʻa yoʻqsa mutlaq iltifoti.  
Bor ermish telbai xoroshikofe,  
Soʻzi boshtin-ayoq sahvu gazofe.  
Xiradgʻa yuz tanaffur hay’atidin,  
Xirad ahligʻa dogʻi suhbatidin.  
Bu shan’at birla ul nangi zamona,  
Urub tun-kun figʻoni bexudona.  
Oʻzin aylab aning ishqigʻa mansub,  
Qilib oshiq oʻzin, ul oyni mahbub.  
Bu ish topib bori olamda shuhrat,  
Nechuk ul oygʻa boʻlmoy hech gʻayrat.  
Ani istab yana qoshigʻa doim,  
Vafoomiz soʻzlar deb muloyim.  
Visoli birla aylab koʻnglini shod,  
gʻami hajridin aylar ermish ozod!  
Siz aytur soʻz zilole boʻlsa sofi,  
Erur bu ish aning birla munofi.  
Va gar yolgʻongʻa oxir boʻlsa roje’,  
Bas ul soʻz voqe’, oʻlmish gʻayr voqe’gʻ!  
Agar bu sahvingizgʻa mu’tarifsiz,  
Karam birla kechurduk ham ani biz.  
Xatodin xoli ermas odamizod,  
Erur Haq ishda sahv etmoqdin ozod.  
Chu qilduq mulkunguzgʻa mehmonliq,  
Qiling siz ham tariqi mizbonliq.  
Arodin murtafe’ boʻlsun kudurat,  
Kuduratsiz safo boʻlgʻay zarurat.  
Tugatti soʻzni chun roviyi farrux,  
Mihinbonu bu yangligʻ dedi rosux:  
«Kim, ulkim Xusrav aytibturki, Farhod  
Emas siyratda misli odamizod.  
Ne yangligʻ degabiz bu soʻz javobin  
Ki, xud ul deb eshitmish oʻz javobin.  



Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin