Dedi: Ishq ichra majnunluq hamesha.
Dedi: Bu ishdin oʻlmas kasb roʻzi,
Dedi: Kasb oʻlsa basdur ishq soʻzi.
Dedikim: Ishq oʻtidin de fasona!
Dedi: Kuymay kishi tormas nishona.
Dedikim: Kuymagingni ayla ma’lum!
Dedi: Andin erur joh ahli mahrum!
Dedi: Qay chogʻdin oʻldung ishq aro mastgʻ
Dedi: Ruh ermas erdi tangʻa rayvast.
Dedi: Bu ishqdin inkor qilgʻil!
Dedi: Bu soʻzdin istigʻfor qilgʻil!
Dedi: Oshiqqa ne ish koʻp qilur zoʻrgʻ
Dedi: Furqat kuni ishqi baloshoʻr.
Dedi: Ishq ahlining nedur hayotigʻ
Dedi: Vasl ichra jonon iltifoti.
Dedikim: Dilbaringning de sifotin!
Dedi: Til gʻayratidin tutmon otin!
Dedikim: Ishqigʻa koʻnglung oʻrundurgʻ
Dedi: Koʻnglumda jondek yoshurundur.
Dedi: Vasligʻa borsen orzumandgʻ
Dedi: Bormen xayoli birla xursand.
Dedi: Noʻshi labidin torqay el bahrgʻ
Dedi: Ul noʻshdin el qismidur zahr.
Dedi: Joningni olsa la’li yodigʻ
Dedikim: Ushbudur jonim murodi.
Dedi: Koʻksungni gar chok etsa bebokgʻ
Dedi: Koʻnglum tutay ham ayla deb chok!
Dedi: Koʻnglung fido qilsa jafosigʻ
Dedi: Jonimni ham aylay fidosi.
Dedikim: Ishqdin yoʻq juz ziyonbud!
Dedi: Bu keldi savdo ahligʻa sud.
Dedi: Bu ishq tarki yaxshiroqdur!
Dedi: Bu sheva oshiqdin yiroqdur!
Dedi: Ol ganju qoʻy mehrin nihoni!
Dedi: Tufroqqa bermon kimyoni!
Dedi: Joninggʻa hijron kinakashdur.
Dedi: Chun bor vasl ummidi xushdur.
Dedikim: Shahgʻa boʻlma shirkatandesh!
Dedi: Ishq ichra tengdur shohu darvesh!
Dedi: Joninggʻa bu ishdin alam bor!
Dedi: Ishq ichra jondin kimga gʻam borgʻ
Dedi: Kishvar beray, kech bu havasdin!
Dedi: Bechora, kech bu multamasdin!
Dedi: Ishq ichra qatling hukm etKim!
Dedi: Ishqida maqsudumgʻa yetKim.
Dedi: Bu ishda yoʻq sendin yiroq qatl!
Dedi: Bu soʻzlaringdin yaxshiroq qatl.
Nechakim boʻldi mushkil soʻz xitobi,
Base oson anga yetti javobi.
Chu Xusrav koʻrdi bu yangligʻ tahavvur,
Takallum aylamak sochqon kibi dur.
Bir oʻt tushti ichiga bexudona
Ki, otashgohidek chekti zabona