Farhod va Shirin (I- qism) Alisher Navoiy


Farhod va Shirin (II- qism)



Yüklə 1,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə156/270
tarix05.04.2022
ölçüsü1,43 Mb.
#54728
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   270
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8

Farhod va Shirin (II- qism) 
Alisher Navoiy 
 
38 
library.ziyonet.uz/ 
 
Meni holimni onglardin yiroq qil,  
Necha behush esam, behushroq qil. 
XLI 
Farhodni ul xaylning Xusrav qoshigʻa yetkurgoni va Xusrav aning boshidan-ayogʻigʻacha salosil 
va agʻlol hukmi surgoni va Buzurg Ummid hikmat bila ul bandlargʻa muqayyad devona 
dimogʻigʻa hush keturgoni va Xusrav hujjat yuzidin anga soʻz qotqoni va Xusravning savoloti 
shishalarin javoblari xorolari bila ushotqoni va aning bu nav’ qattiq soʻzlari sangboronidin 
Xusravning koʻnglidogʻi savollari shishasidek sinib aning qatligʻa jozim boʻlgʻoni va ul muhlik 
soʻzlari himoyati bila qatldin qutulgʻoni 
Bu bexudligʻ yoʻlining hushmandi,  
Boʻlur bu nav’ ma’ni naqshbandi  
Ki, chun Farhodni ul xayli cholok,  
Shah olligʻa yeturdilar tarabnok.  
Boʻlub Xusrav ul ishdin shodmona,  
Ato aylab alargʻa xusravona;  
Dedi, majnungʻa soldilar ogʻir band,  
Iki ilgin qilib band uzra rayvand.  
Majonindek muqayyad qildi hosil,  
Bori a’zosin agʻlolu salosil.  
Buyurdikim hakim oʻlub hamogʻush,  
Kiyurdi notavonning magʻzigʻa hush.  
Koʻzin chun ochti ul majnuni bexud  
Ki, boʻlmish erdi majnundek muqayyad.  
Oʻzin koʻrdi ajoyib hol ichinda,  
Salosil qaydida, agʻlol ichinda.  
Boshida xusravoyin borgohi,  
Turub atrofida xaylu sirohi.  
Toʻrida borgahning bir biyik taxt,  
Aning ustida bir shohi javonbaxt.  
Ayogʻi ostida taxti Kayoniy,  
Boshi ustida toji Xusravoniy.  
Taajjub birla oning sori boqib,  
Boshini irgʻotib, ilgini qoqib.  
Qilib gah ishqi oyinida gʻayrat,  
Yetib gah haykalu shaklida hayrat.  
Yaqin bildi chu boʻldi fikratandesh  
Ki, ne fe’l aylamish charxi jafokesh.  
Oʻzin solmay xidevi gʻayratoyin,  
QOʻpub oʻlturdi solib qoshigʻa chin.  
Adab birla hayo rasmin qilib fosh,  
Burun indurdi majlis ahligʻa bosh.  
Chu da’bi yoʻq edi soʻrmay demak soʻz,  
Ogʻiz soʻzdin tikib, tikti quyi koʻz.  
Shukuhidin yetib Xusravgʻa tagʻyir,  
Qilib ishqi oʻti koʻngligʻa ta’sir.  
Unutti aylamakni qatlu bedod,  
Anga boqib takallum qildi bunyod.  
Dedi: Qaydinsen, ey majnuni Kimrahgʻ  
Dedi: Majnun vatandin qayda ogah.  
Dedi: Nedur sanga olamda reshagʻ  



Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin