Topib kelgan sirohidin malolat,
Yuz oncha qal’a ahlidin xijolat.
Bu sayridin anga boʻlmay ravo kom,
Yonib oʻrdusi sori bordi nokom.
TEshib xudin aning Farhod toshi,
Ichin tigʻi zabonining xaroshi.
Ketur soqiy, mayu, gʻam xaylini yeng
Ki, ermish ishq aro shohu gado teng!
Necha ishq ichra shahligʻ lazzati bor,
Gadoligʻlarning oʻzga holati bor.
XXXIX Xusrav Farhodning qattigʻ toshidin rajmurda va qattiq soʻzidin ozurda kelib, Buzurg Ummid bila
ulugʻ chora umidigʻa soʻzlashib, lutfomiz alfozgʻa qahr va shahdangiz kalomgʻa zahr qotqoni va
bu umid va biym maktubin rasuldin Mihinbonu sori uzotqoni va elchining shahdliq zahri shishasi
qal’aning xorasidin usholgʻoni, ya’ni Mihinbonuning xoradek mahkam javoblaridin ojiz
qolgʻoni, dogʻi Xusrav Armaniya hisorin muhosara qilgʻoni va qal’a darvozalari bogʻlanib,
xusumat eshiklari ochilgʻoni
Fasona aytur ustodi suxanvar,
Bu yangligʻ toqti soʻz bikrigʻa zevar
Ki, Xusrav garchi ul kun boʻldi diltang,
Yonib diltang, uyigʻa qildi ohang.
Ham oxir qoʻydi koʻp aylab marogʻa,
Buzurg Ummid ila soʻzni arogʻa.
Buzurg Ummid ani aylab tarabnok,
Dedi: «Qaygʻurmagʻilkim yoʻqturur bok;
Koʻhiston ahli koʻp otqay faloxan,
Junun ahli koʻp etgay yova soʻz fan.
Yilon netgay urub nish ajdahoni,
It urmak birla yonmas korvoni
(1)
.
Nechuk majnun soʻzin oqil eshitgay,
Junun oʻti bila koʻnglin eritgay.
Eshitgan nuktani koʻnglungga olma,
Eshitsang juz eshitmaslikka solma.
Bu avlokim yana bir nuktarardoz,
Borib Bonu sori rand etsa ogʻoz.
Kalomi ichra boʻlgʻay lutfu tahdid,
Nechukkim biym boʻlgʻay, boʻlgʻay ummid.
Shak ermaskim ayon aylab madoro,
Zabunliq aylagaylar oshkoro.
Bu ish boʻlmoqliq avlo chora birla,
Siteza qilsa boʻlmas xora birla
Ki, bu qoʻrgʻon erur mahkam bagʻoyat,
Zaxira anda dogʻi benihoyat.
Seningdek shahki xurshedi jahonsen,
Qayu xurshed, Jamshedi zamonsen.
Qachon ul yon tilarsen razm solmoq,
Keraktur razm solgʻon kun-oʻq olmoq.
Bu yangligʻ fath agar xud dast bermas,
Ani yuz yilda olmoq mumkin ermas.
Chu boʻlmas razm ila olmoq muqarrar,