Ki, qilmish erdi bu kishvarni manzil.
Bu ishkim togʻ aro men soz etibmen
Ariq qozmoq ishin ogʻoz etibmen.
Hamono ul yigitni Hayyi Soni’,
Mening ranjimni qilmasliqqa zoyi’.
Bu marzu bum sori kelturubtur
Ki, sarvaqtimgʻa oni yetkurubtur.
Ani gar tormasoq bu ish qililmas,
Vagar yuz qarn sa’y etsak qozilmas.
Kishilar har sori chormoq keraktur,
Qayon boʻlsa ani tormoq keraktur».
Mihinbonu ul oy jahdu shitobin,
Chu koʻrdi fahm qildi iztirobin
Ki, xopokan damidin shu’lai garm
Qilibtur xoradek koʻnglin aning narm.
Nasihat bildikim koʻp naf’ bermas,
Oʻziga keltururning vaqti ermas.
Qilib ul ishda hikmatlar rioyat,
Ani tormoqqa jahd etti bagʻoyat.
Topib, filhol qildilar xabar fosh
Ki, oriqda burungʻidek qozar tosh.
Bilib, oygʻa tarab yuzlandi chandon
Ki, boʻldi lablari gulbargi xandon.
Qila boshladi mahzun koʻngli chora
Ki, ne nav’ aylagay oni nazora.
Kamingohe topib boqqoy anga toʻq,
Bu koʻrgay oni, ammo ul muni yoʻq
Kim, ul koʻrsa qilib bedilliq ogʻoz,
Yana koʻrroq ochilgʻay rardai roz.
Vale aylab Mihinbonu hamesha,
Aning qoshigʻa bormogʻliqni resha.
SOʻpub ahvolin oning gohu begoh,
Tilab maxfiy gʻamidin boʻlmoq ogoh.
Topib holin nechakim aylab idpok,
Hunardin mamlu, ammo aybdin pok.
Xati mehrini koʻngli ichra tortib,
Vale ul mehr kundin-kunga ortib.
Havas aylabki, mundoq pok rayvand,
Manga ne boʻlgʻay erdi boʻlsa farzand.
Va lekin hajrdin zor erdi Shirin,
Kecha to subh bedor erdi Shirin.
Ne dardin derga bir hamdardi oning,
Ne subhu shom xobu xoʻrdi oning.
Ne bir hamdam anga boʻlmoqqa ma’nus.
Ne qoʻyub holi izhorigʻa nomus.
Qoshigʻa borgʻoli aylab taammul
Ki, nogah boʻlmagʻay ul betahammul.
Desakim bormayin gulchehri zebo,
Boʻla olmay hazin koʻngli shikebo.
Firoq oʻtida miskin joni oning
Ki, boʻlgʻay dardu yoʻq darmoni oning.
Ketur, soqiy, mayi gulrangi xushboʻ
Ki, urgʻay chorasiz dard oʻtigʻa suv.