Farhod va Shirin (I- qism) Alisher Navoiy


Farhod va Shirin (I- qism)



Yüklə 1,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə112/270
tarix05.04.2022
ölçüsü1,43 Mb.
#54728
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   270
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8

Farhod va Shirin (I- qism) 
Alisher Navoiy 
 
112 
library.ziyonet.uz/ 
 
Kecha-kunduz qoqarbiz ohani sard9.  
Nechakim zohir etsak uzri ma’qul,  
Alar ollinda ermas uzr maqbul.  
Bu erdi holimizkim torti ta’vil,  
Bu ham ijmol birla, yoʻqki, tafsil».  
Chu kayfiyatni ma’lum etti Farhod,  
Alar holligʻa koʻngli boʻldi noshod.  
Dedi: «Bu necha mazlumi sitamkash,  
Falak bedodidin boʻlgʻon alamkash  
Ki, vayronligʻlarida yuz xalaldur,  
Agar qilsam madad voqe’ mahaldur.  
Hunarni asrabon netkumdur oxir,  
Olib tufroqqamu ketkumdur oxirgʻ!»  
Temurchidin tilab dam birla koʻra,  
Beliga bogʻlabon charmin tanura10.  
Dam uchin koʻragʻa chun mahkam etti,  
Ravon toʻkti koʻmur, dogʻi dam etti.  
Koʻmurni qildi chun axgar nekim bor,  
Tilab metinu tesha harnekim bor.  
Solib axgar aro borin qizitti,  
Necha afzor qildi chun eritti.  
Har oʻn-oʻn beshni bir metin qilib rust,  
Yana ham onchani bir teshai chust.  
Necha gurza, necha sunboda aylab,  
Kamar qozmoq ishin omoda aylab.  
Nihoniy borchagʻa andogʻ su berdi  
Ki, Qorandin nihon oʻrganmish erdi11.  
Taraddudgʻa solib oni bu ahvol,  
Ulusni girdida hayrat qilib lol.  
Savole aylay olmay kimsa bir soʻz,  
Shukuhidin tikib bori anga koʻz.  
Chu xoli ayladi afzordin el,  
Ravon xoro kesarga bogʻladi bel.  
Kirib oriqqa qozmoq ayladi mayl,  
Qozoboshladi qumni oʻylakim sel.  
Kesib har teshasi qilgʻoch xaroshi,  
Falak rili yukidek rora toshi.  
Chu metin zarbidin aylab siteza,  
Qatiq xoroni aylab reza-reza.  
Aningdek teshadin sekrib ushoq tosh  
Ki, nozir bir yigʻochdin qochurub bosh.  
Uchub yetkanda zarbi dasti oning  
Ki borib oʻn yigʻoch farrasti oning12.  
Hamul kun-oʻq daleri xorabur gov,  
Muhayyo qildi xoro ichra bir nov  
Ki, uch yil ikki yuz xorobur ustod,  
Ola olmay ham oncha xoradin dod.  
Hunar mundogʻ chu zohir ayladi koʻb,  
Tushub ul togʻ aro el ichra oshub.  
Boʻlub ham korgar, ham korfarmoy,  
Mihinbonu qoshigʻa dashtraymoy  
Ki, qilgʻaylar bu ishkim koʻrdilar naql,  



Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin