Ne bor andoqki hargiz bor ekandur.
Mihinbonu koʻp aylab ehtiromin,
Yasabtur jon uyi ichra maqomin.
Yuzi birla qilur bazmini gulshan,
Aning birla koʻrar olamni ravshan.
Bu togʻekim aning vasfidadur tul
Ki, bordurbiz ani qozmoqqa mashgʻul.
Kelibdur bir boshi sharqi shamoyil,
Yana bir boshi gʻarbi sori moyil.
Oqar sharqisida bir chashma holi,
Suyi ul nav’kim hayvon ziloli.
Debon «Ayn ul-hayot»
(6)
ul chashmani xayl
Ki, oʻlgon ichsa aylar jon sari mayl.
Gahi ul hur bu sori qoʻyar gom,
Pari sarchashmada tutqondek orom.
Parilar birla aylab azmi ishrat,
Tuzarlar anda gohi bazmi ishrat.
Erur gʻarbida ul mahvash makoni
Ki, holo Armaniya derlar oni.
Yeridur nazhat ichra jannatoso,
Aning yonida togʻi charxfarso.
Erur bu nav’ ul mahvash xayoli
Ki, ul manzilda solgʻoy qasri oliy.
Muhayyo borcha rangu boʻyi oning,
Vale ustida yoʻqtur suyi oning.
Muhandislar nechukkim charxi sayyor,
Yugurtub chashma suyi sori tayyor.
Topibkim bir arigʻ qozilsa diljoʻ,
Yetar ul hur qasri oligʻa suv.
Vale ul chashma to bu qasri ofat,
Topibdur oʻn yigʻoch
(7)
chogʻliq masofat.
Bu jadvalkim chekibdurlar apoda,
Ariq qozmoq qilibdurlar ipoda.
Buyurmishlar bu xayli notavongʻa,
Balo togʻida jam’i xasta jongʻa
Ki, aylab chok metin birla xoro,
Ariq qilgʻoylar andoq oshkoro —
Kim, ul oriqqa har kim suv keturgay,
Suv ul ayvongʻacha turmay yugurgay.
Bu xoro tesha birla boʻlmas afgor,
Nechukkim tesha, metin aylamas kor.
Erur uch yilki jon tortib hamesha,
Usholmoy qolmadi metinu tesha.
Mashaqqatdin yigitni el qori der
Ki, qozilmish iki-uch yuz qori yer.
Bu yangligʻ birla umri Nuh torsoq,
Badanda koʻrrak ondin ruh torsoq.
Chu mehnatning hadu royoni yoʻqtur,
Tuganmaklik bu ish imkoni yoʻqtur.
Gahi faryodu afgʻoni chekarbiz,
Gah ish qilmoq uchun joni chekarbiz.
Emas bu tesha urmoq ishga darxurd,