Farhod va Shirin (I- qism) Alisher Navoiy


Farhod va Shirin (I- qism)



Yüklə 1,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/270
tarix05.04.2022
ölçüsü1,43 Mb.
#54728
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   270
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8

Farhod va Shirin (I- qism) 
Alisher Navoiy 
 
25 
library.ziyonet.uz/ 
 
Demon har mulkini bir rodshogʻa,  
Har ikki mulk balkim bir gadogʻa.  
Chu baxshish topib andogʻ mulku johe,  
Boʻlub ul dam gado ham rodshohe.  
Gadodin boʻlmasun ozurda roying,  
Erur chun rodshahlar ham gadoying.  
Alo to rodshahligʻ boqiy oʻlgʻay,  
Tarab bazmida mahvash soqiy oʻlgʻay.  
Binoyi saltanat zotinggʻa boqiy,  
Saodat mahvashi bazmingda soqiy.  
Bu soqiy ilgidin joming rayoray,  
Zuloli Xizr ul joming aro may.  
Ketur, soqiy, sharobi armanisoz,  
Tut oni shoh madhin aylab ogʻoz.  
Qil avval noʻshu berkim, men qilay noʻsh,  
Qoʻsh ichsang tutki, men dogʻi ichay qoʻsh. 
[XI] 
Saltanat sirehrining mehri raxshandasi va xilofat tojining la’li duraxshandasi, jahonbonligʻ 
jismining ruhi nozanini va kishvarsitonligʻ aynining mardumaki jahonbini, olam alqining rafei va 
zamon ahlining badei, ya’ni sulton Badiuzzamon Bahodir madhida: xalladallohu mulkahu va 
abbada davlatahu
(1)
 
Azal subhiki qildi xomai sun’  
Taharruksiz xaroshi nomai sun’,  
Abad shomigʻacha ne boʻlsa mavjud,  
Yozildi ul varaqda budu nobud:  
Qadahchashqa xarobot oʻldi marqum,  
Vara’kashgʻa munojot oʻldi maqsum.  
Gadogʻa notavonligʻ boʻldi roʻzi,  
gʻanigʻa komronligʻ boʻldi roʻzi.  
Birovga qismat oz boʻldi bagʻoyat,  
Birovga baxshish oʻldi benihoyat.  
Alarkim torti koʻp Haqdin atolar,  
Erurlar olam ichra rodsholar.  
Bular ichra dagʻi koʻrdur tafovut,  
Biri yazdonrarast oʻlmish, biri but.  
Shahekim Tengridin besa’yu koʻshish  
Bori shahlardin ortuq torti baxshish,  
Jahongʻa boisi amnu amon ul,  
«Badi ud-dahru Doroi zamon» ul.  
Qachon andin Kim etsang «dahru Doro»  
Sharif alqobi boʻlgʻay oshkoro.  
Humoyun ismi mujmal boʻldi ta’vil,  
Qiloyin emdi bir-bir oni tafsil.  
Munung zimnida ne tormish azaldin,  
Deyin mashruh xoli har xalaldin.  
Oti oʻn harf ila boʻldi murakkab,  
Budur tartib agar qilsang murattab.  
Azaldin bir atogʻa dol har harf,  
Atoyoning dalili harf-barharf.  



Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin