Farhod va Shirin (I- qism) Alisher Navoiy


Farhod va Shirin (II- qism)



Yüklə 1,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə267/270
tarix05.04.2022
ölçüsü1,43 Mb.
#54728
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   270
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8

Farhod va Shirin (II- qism) 
Alisher Navoiy 
 
149 
library.ziyonet.uz/ 
 
boʻlishi va Farhodning soʻngaklarini shu yerga keltirib, ularni quchoqlab jon berishini bayon 
etadi. 
 
1. Bu va keyingi baytlarda shoir Sheruya otasi joniga qasd qilib, uni qatl etdigina emas, balki 
davron undan Farhod qonini istadi, kimki birovga zulm oʻtkazsa, albatta unga jazo yetishadi. 
Modomiki, shunday ekan, shoir yaxshilik urugʻini ekish darkor, degan fikrni ilgari suradi. 
 
2. Baytning mazmuni: unnng (ya’ni Farhodning) hajrida men (ya’ni Shirin) bemormen, 
bedilmen. Bamisoli chala soʻyilgan bir qushdirmen. 
 
3. Baytning mazmuni: ular (ya’ni Shirin va Shopur) birmuncha vaqt shunday motam tutdilarki
feruza (rangli) osmon qurum bosgandek qoraya boshladi (ya’ni kech tushib qoldi). 
 
4. Bu va keyingi baytlarning mazmuni: (Shirin) ikki-uch yuz kishini qoʻshib (Shopurni) oʻz 
maqsadiga koʻra yoʻlga soldi, ularga koʻplab, xush isli tutatqi, olovda xoʻshboʻy chiqaradigan 
yogʻoch, mushku atrlar berdi. Ular togʻ ichidan koʻhkan, ya’ni Farhodni topib, Shirin kajavasiga 
solib keltirishlari lozim. 
 
5. Bu va keyingi uch bayt mazmuni: (Shirin) koʻrsaki, (Farhod) uyquda, u ham shunday uyquni 
havas qildi. Uning yuziga yuzini, taniga tanini qoʻydi, oʻz sevgilisi bilan hamogʻush boʻldi. 
Shunda dilidan bir olovli oh chiqardi-yu, koʻzi Farhodniki kabi uyquga toldi. Bu shunday uyqu 
ediki, unga hech kim qonmagan, qiyomatgacha uygʻonmas uyqu edi. Bu baytlarda shoir istiora 
(sarvi cholok – Shirin, bedil – Farhod) va ruju’ (uyqu – ne uyqu...) san’atlarini qoʻllaydi. 
LII 
Bob sarlavhasida Shirinning Farhod ishqida jon bergani, buni eshitib Mehinbonu ham hayotdan 
koʻz yumgani, Chin mulkidan kelgan Bahrom Sheruyaning mollarini ziyon-zaxmat koʻrganlarga 
bergani va Armanga odil podshoh tayin qilib, oʻzi barcha lashkarlarni qaytarib, saltanatdan yuz 
oʻgirgani bayon etiladi. 
 
1. Avvalgi baytlarda Navoiy Farhodning doʻsti Bahromni maqtaydi. Bu baytda esa shoir agar u 
osmondagi Bahrom (Mars)ga dushmanlik koʻrsatsa, osmondagi Bahrom Bahromi Choʻbindek 
boʻlib qoladi, deydi. Bu yerda Navoiy soʻz oʻyini ishlatib, ham sayyorani, ham qadimgi Eron 
podshohlaridan Hurmuzning lashkarboshisi Bahromi Choʻbinga ishora qiladi. 
 
2. Bu va keyingi baytning mazmuni: xon Farhodga amakivachcha boʻlgani uchun ham uning 
tashvishinn chekar edi. Bahrom kelib, xalq orasida (Farhod haqida) ma’lum boʻlgan gaplarni 
xonga shunday arz qildi. 
 
3. Shu baytdan boshlab 26 baytda shoir Bahromning Farhod mozori ustida qilgan nolalarini 
bayon etadi. Nido san’ati asosiga qurilgan bu hayajonli monolog gʻoyat samimiy, ta’sirli va 
xalqona chiqqan. 
 
4. Bu yerda «Lo» «ku» yuklamasi oʻrnida ishlatilgan: «ayla dinglo‖ degani aylading-ku 
ma’nosini anglatadi. 
LIII 
Bob sarlavhasidan uni Sulton Husayn Boyqaroning oʻgʻli Shoh Gʻarib Mirzo madxi va unga 
Navoiy bir necha nasihatlar bagʻishlagani anglashiladi. 
 



Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin