Farhod va Shirin (I- qism) Alisher Navoiy


Farhod va Shirin (II- qism)



Yüklə 1,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə264/270
tarix05.04.2022
ölçüsü1,43 Mb.
#54728
1   ...   260   261   262   263   264   265   266   267   ...   270
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8

Farhod va Shirin (II- qism) 
Alisher Navoiy 
 
146 
library.ziyonet.uz/ 
 
8. Billah, summa billah – arabcha: Xudo haqi, yana Xudo haqi (qasam ma’nosida). 
 
9. Baytning mazmuni: Shopur xat [yozish] uchun kerakln buyumlarni: siyoh uchun mushkin va 
oq [qogʻozni] chiqardi. 
 
10. Baytning mazmuni: Noma eltuvchi (ya’ni Shopur) nomani olib yugurdi, bir amallab 
qoʻrgʻonga ham kirdi... Bu yerda shoir ishtiqoq san’atiga koʻra noma va shu soʻzdan yasalgan 
nomabar (xat eltuvchi) soʻzini ishlatadi. Ayni choqda istiora san’atini qoʻllab, Shopur ismi 
oʻrinda nomabar soʻzini ishlatadi. 
XLVI 
Bob sarlavhasida Farhjd xatini oʻqigan Shirinning iztirobga tushgani va uning koʻngil qushi 
sevgilisi tomon qanot qoqqani bayon etiladi. 
 
1. Farhod oʻz maktubida Shiringa murojaat qilib, gʻoyat xokisorlik bilan uning itlari holini 
soʻraydi. Jumladan, bu baytda deydiki: (ular) boʻyinlaridagi qiloda – tasmangdan zavqlangan 
paytlarida mening boʻynimga solingan halqani eslaydilarmi? 
 
2. Bu va keyingi baytning mazmuni: unda (ya’ni Farhod ta’riflayotgan bir zaif, majruh it) mey 
odamiylik nishonini koʻrib, koʻz qorachigʻimdek saqlar zdim. U koʻzim qoni oqishini koʻrsa, oʻz 
koʻzlaridan qon oqizar edi. Shoir birinchi baytda ishtiqoq san’atini qoʻllaydi; mardum, 
mardumligʻ soʻzlarini ishlatadi. Ikkinchi baytda esa iltizom san’atiga koʻra koʻz qoni oqmogʻi, 
«koʻzumdek qoni oqib» iboralarini bir bayt doirasida takroran zikr etadi. 
 
3. Bu va keyingi ikki baytning mazmuni: azaldan qismatimga sevgi bitgan va taqdir dardu 
mashaqqatni (peshonamga) yozgan ekan, buning uchun men kimga ta’na qilay, oʻzimdan boshqa 
kimni yozgʻuray? (Axir) yuzlab men, minglab Xusravning yoʻq boʻlib ketishi qazo oldida bir 
dona arpachalik ham emas. 
 
4. Tamma bilhayr – arabcha: yaxshilik bilan tamom boʻldi. 
 
5. Baytning mazmuni: uning (ya’ni Shirinnnng) tani xatni bogʻlaydigan tob ipdek (chirmashdi). 
Ammo xasta jismiga shu ip tobdek ta’sir qilgan. Bu baytda shoir nozik soʻz oʻyini ishlatadi. 
Birinchi misradagi «tob» maktublarni ustidan oʻrab qoʻyadigan ipak tasmani anglatadi: ikkinchi 
misrada esa tasmadek oʻralib ketgan Shirinning jismida tob harorat betobligi (xastaligi) edi, 
degan ma’noni bildiradi. Shu bilan birga, shoir bu baytda ishtiqoq (tob, betob) tajnis (tob – ip 
oʻraydigan npak tasma; tob – harorat) va iltnzom (tob, tob, betob) san’atlarini mohir lik bilan 
qoʻllaydi. 
XLVII 
Bob sarlavhasida Farhod koʻnglidagi jarohatlar Shirin maktubidagi hayotbaxsh soʻzlardan tuzala 
boshlagani, Shirin barri haroratlari ham Farhod xati mazmunidan taskin topgani, bular orasidagi 
muhabbat zanjirini Shopur harakatga keltirayotgani, Xusrav bilib qolib uni azob zanjiriga solgani 
va Farhodni qatl etish uchun chora-tadbir qidirgann bayon etiladi. 
 
1. Masih – Iso paygʻambarning laqabi. Diniy afsonalarda Isoning oʻz nafasi bilan oʻlganlarni 
tiriltirish, jon bagʻishlash qobiliyatiga ega boʻlgan, deyiladi. Sharq she’riyatida sevgilini va 
uning lablarini jonbaxshlikda Masih, Masiho (Iso)ga oʻxshatiladi. Bu yerda Navoiy Shirin 
maktubida bitilgan soʻzlar hayotbaxshligini Masih nafasiga tashbih qilmoqda. 
 



Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   260   261   262   263   264   265   266   267   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin