Farhod va Shirin (I- qism) Alisher Navoiy


Farhod va Shirin (II- qism)



Yüklə 1,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə261/270
tarix05.04.2022
ölçüsü1,43 Mb.
#54728
1   ...   257   258   259   260   261   262   263   264   ...   270
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8

Farhod va Shirin (II- qism) 
Alisher Navoiy 
 
143 
library.ziyonet.uz/ 
 
XL 
Bob sarlavhasida Xusravning Mehinbonu qoʻrgʻoninn qamal qilgani, uning lashkarlari Farhod 
irgʻitgan toshlarga bardosh bera olmaganlari, bir hiylagar koʻmagida Farhodni band etib, Xusrav 
huzuriga olib kelganlari xabar qilinadi. 
 
1. Telba qush–Farhod koʻzda tutiladi. 
 
2. Ishq bulbuli–ya’ni Farhod. 
 
3. Bu va avvalgi bayt mazmuni: qoʻrgʻon ahli tunu kun hamma narsadan voqif, kunduzlari ovoz 
chiqarmas edilar. Lekin kechasi esa «hozir boʻl» {ehtiyot boʻl) deya figʻon bilan shovqin 
solardilar. 
 
4. Bu baytda Shopur (Farhodga behush qiladigan dori sepilgan gulni islatib, oʻzidan ketkazgan 
hiylagar boshiga tosh bilan urib oʻldirgani haqida yozadi va irsoli masal san’ataga koʻra «Boshni 
tosh ushatadi», maqolini ishlatadi. 
XLI 
Bu bob sarlavhasida behush Farhodni Xusrav huzuriga keltirganlari, uning boshdan-oyoq 
zanjirband etilishi, Buzurg Ummid Farhodni hushiga keltirishi, Xusrav savollariga Farhodning 
javoblari, oʻtkbr soʻzlari tufayli uning omon qolishi xabar qilinadi. 
 
1. Xalil – lugʻ ma’nosi: doʻst, muhib, yor, Ibrohim paygʻambarning laqabi. Bu yerda shoir 
paygʻambarning oʻtdan gul undirnshini ta’riflamoqda. 
 
2. Lavhashalloh – arabcha: agar Oollohdan qoʻrqsa, ma’nosida. 
 
3. Shoir bu baytda istiora san’atini qoʻllab, Shirinni parirux deb atamoqda. 
 
4. Bu baytdagi siyosat soʻzi ―jazo‖ ma’nosida ishlatilgan. 
 
5. Salosil – «silsila»ning koʻpligi; zanjirlar, tizmalar. Bu yerda togʻ ustidagi qoʻrgʻonning nomi. 
XLII 
Bu bob sarlavhasida Farhodni Salosil qoʻrgʻoniga qamab qoʻyilishi, u yerda qattiq qiyinchiliklar 
tortishi bayon etiladi. 
 
1. Salosil qoʻrgʻonida Farhodni qoʻriqlab turganlar unga banddan ozod etish, Xusravdan qanday 
jazo yetishsa shunga rozi ekanliklarini bildirishganida Farhod bu va keyingn 2 baytda ularga 
javob qaytarib: vafo ahli –haqiqiy oshiq bunday qilmaydi, deydi. «Farhod... shunday ogʻir 
vaziyatda ham aql bilan ish koʻrib olijanoblik qiladi, oʻzi tufayli boshqalarni baloga solishni 
istamaydi, bunday ozodlikdan voz kechadi» (Hayitmetov A. Navoiyning ijodiy metodi. 100-bet). 
«Oʻz baxti deb ularni oʻtga tashlamaydi. Odamiylikka odamiylik bilan javob beradi» (Erkinov S. 
Navoiy «Farhod va Shirin»i va uning qiyosiy tahlili, 121-bet). 
 
2. Bu va keyingi baytda Navoiy tashbih san’atnni ishlatib, Farhodning hayvonlar, qushlar bilan 
doʻstlashib ketganini Sulaymon paygʻambarga oʻxshatadi. 
 
3. Yusuf – shoir bu yerda Farhodning boʻriga oʻz alamlarini aytib dardlashishini tasvirlar zkan



Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   257   258   259   260   261   262   263   264   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin