Farhod va Shirin (I- qism) Alisher Navoiy


Farhod va Shirin (II- qism)



Yüklə 1,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə258/270
tarix05.04.2022
ölçüsü1,43 Mb.
#54728
1   ...   254   255   256   257   258   259   260   261   ...   270
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8

Farhod va Shirin (II- qism) 
Alisher Navoiy 
 
140 
library.ziyonet.uz/ 
 
 
11. Bu baytda shoir Farhodning soʻz boshlagani, u faqat soʻz gavharlarvni sochdigina emas, 
balki koʻzlaridan ham gavharlar sochdi deb yozar ekan, istiora san’atini qoʻllaydi, gavhar 
sochilishini koʻz yoshlari oʻrinda ishlatadi. 
 
12. Sumanbar – oqbadan goʻzal; bu yerda Shirin koʻzda tutiladi. 
 
13. Toʻrt burqa’ ostidan mehr – aynan: toʻrt osmon ostidan quyosh (chiqishi). Bu yerda Shirin 
toʻrt qavat parda ostidan chiqib kelishini quyosh chiqishiga oʻxshatilgan. Qadimgi astrologiyada 
ta’kidlanishncha, quyosh toʻrtinchi osmonda turar emish. 
 
14. Yetti xirgoh – yetti osmon ma’nosida ishlatilgan. Shoir Shiringa koʻzi tushgan Farhod 
shunday bir oh torttiki, yetti osmon uning dudidan qorayib ketdi der ekan, mubolaga san’atining 
igʻroq turidan istifoda qiladi. 
 
15. La’ligʻa olib la’li ahmar – bu misradagi birinchi «la’l» – lab, ikkinchisi – qizil may 
ma’nosida ishlatnlgan. 
XXXVI 
Bu bob sarlavhasida Farhod va Shirin visol mayidan behol boʻlganlarini koʻrgan hasadchi 
davron ularning xursandlik qadahlariga hijron zaharini qoʻshgani– Xusrav Parvez Shiringa 
sovchilar yuborgani bayon etiladi. 
 
1. Madoyin – arabcha «Madina» (shahar) soʻzining koʻpligi. Arab Iroqidagi Firot daryosi 
boʻyidagi qadimgi shahar. 
 
2. Kisro – sosoniylar tabaqasidan bir podshohning nomi. Bu yerda shoir Xusravni uning nabirasi, 
deb ta’riflamoqda. 
 
3. Hurmuz – Xusrav Parvezning otasi. 
 
4. Parvez– lugʻaviy ma’nosi: muzaffar, baxtiyor; Xusravning laqabi. 
 
5. Bu baytda shoir Xusravning yuqoridagi baytlarda ifodalangan asosiy muddaosi – yana bir 
uylanib toju taxtiga yarashiqli, boshqa vorislardan afzalroq farzand koʻrish niyatini tasdiqlash 
uchun irsoli masal san’atini qoʻllaydi. «Urugʻni yaxshi yerga sochish kerak» degan hikmatli soʻz 
orqali maqsad ochib beriladi. 
 
6. Toʻbiy, tubo – diniy e’tiqodga koʻra jannat daraxti deb tasavvur qilinadigan goʻzal daraxt. 
Unda hamisha xushboʻy va xilma-xil mevalar pishib turar ekan. Bu yerda kelishgan qomat 
koʻzda tutiladi. 
 
7. Kavsar – jannatdagi serob va suvi mazali chashma emish. 
 
8. Baytning mazmuni: xalq orasida bu xil yoqimli gap-soʻz yoyilgach, ular Xusrav qulogʻiga 
ham yetib keldi. Shoir bu yerda Farhod va Shirin orasidagi oshiq-ma’shuqlik haqidagi gaplarni 
nazarda tutmoqda. 
 
9. Baytning mazmuni: lekin (Xusrav) sovchilarga nimalar ma’lumligini, ular qanday xabar 
keltirishini bilmas edi. 
 



Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   254   255   256   257   258   259   260   261   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin