(xoharzoda – opa yoki singilning farzandi) ekanligi aniq aytiladi.
6. Ayn ul-hayot – ayn. hayot bulogʻi. Bu yerda shoir ta’rificha, Shirin kelib, koʻngil ochib
ketadigan buloqning nomi.
7. Yigoch– yogʻoch, bu yerda uzunlik oʻlchovi ma’nosida boʻlib, bir yigʻoch – taxminan sakkiz
km.dan ortiqroq.
8. Baytning mazmuni: mashaqqat zoʻrligadan yigitlarni koʻrganlar chol (qori–qari), deydi, lekin
qazilgan yer esa ikki-uch yuz quloch (qori) keladi. Shoir bu yerda «tajnis san’atidan istifoda
etadi.
9. Baytning keyingi misrasida shoir foydasiz va imkonsiz ish uchun urinishning behudaligi
haqida soʻz yuritadi. U «Ohani sard kuftan» (sovuq temirni oʻyish) degan xalq maqolidan
foydalanib, «irsoli masal» san’atini ishlatadi.
10. Baytning mazmuni: temirchidan dam bilan koʻra oldi, beliga charm partugʻ (tanura) bogʻladi.
11. Bu va avvalgi bayt mazmuni: togʻ kamarini qazish uchun kerak boʻlgan bir necha gurzi va
bir necha asbob charxlaydigan tosh (sunboda) tayyorladi. Ularning barchasiga Qorandan
yashirincha oʻrganib olganidek, yaxshilab suv berdi.
12. Baytning mazmuni: u qoʻlining zarbi bilan tesha urganda, ovozi (orig. farrasti) oʻn yogʻoch
masofaga yetar edi. Shoir bu yerda «gʻuluv» san’atini qoʻllagan.
13. Bu va keyingi bayt mazmuni: togʻ qazuvchilar ham, bu ishlarni boshqaruvchilar (orig. kor
farmov) ham Mehinbonu qoshiga borib, koʻrmagan odamning bu ishlarga aqli inonmaydi deya
xa bar qilmoqchi boʻldilar.
XXXI Bob sarlavhasida Farhodning togʻni pora-pora qilayotgan teshasi ovozini eshitgan Shirinning
uning qoshiga kelishi, Farhod Shirinni koʻrishi bilan hushidan ketgani, Shopurning bundan
behad kuyib yongani va Farhodni saronga olib ketishgani bayon etiladi.
1. Havvo – diniy rivoyatlarga koʻra, insoniyatning onasi – Momo Havo. Shoir bu yerda
Mehinbonuga Havoga oʻxshatadi. Uning Shirin xonasiga kelishini Momo Havoning jannatda
makon tutganiga nisbat beradi.
2. Janibat – podshohlar biror yerga dabdaba bilan chiqqanda ehtiyot uchun birga olib yuriladigan
ot. Bu yerda shoir umuman ot surishni, otda borishlikni koʻzda tutmoqda.
3. Baytning mazmuni: arigʻni qazish uchun yuz ganj sarflagan edim, suvi kelmasdan burun qoʻl
yuvib edim. Shoir bu yerda «istiora» san’atini ishlatib, «qoʻl yuvmoq»ni «voz kechmoq», «qoʻl
tortmoq» ma’nosida keltiradi. Ayni choqda shoir suvi yoʻq ariqdan qoʻl yuvish tushunchasi bilan
esa «mumtane’» san’atini vujudga keltiradi.
4. Bu baytda shoir Shirinni – parivash, uning otini devpaykar – dev gavdali deb ta’riflaydi. Bu ot
unga Shirin mingach, parikash – parini olib boruvchi boʻldi, deydi, Natijada baytning ikki
misrasida shoir «talozum» san’atini yaratadi.
5. Gulgun – Shirin otining nomi. Bu baytda shoir «ot» soʻzini ikki ma’noda (nom va ot) ishlatib,