Farhod va Shirin (I- qism) Alisher Navoiy


Farhod va Shirin (II- qism)



Yüklə 1,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə257/270
tarix05.04.2022
ölçüsü1,43 Mb.
#54728
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   270
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8

Farhod va Shirin (II- qism) 
Alisher Navoiy 
 
139 
library.ziyonet.uz/ 
 
5. Baytdagi pari paykardan maqsad Shirin, devona esa, Farhod boʻlib, biri maqtovdan boʻlak 
soʻz topa olmaydi, ikkinchisi metin urib suv ochishlikka tutinadi. 
 
6. Bu va keyingi baytda shoir istiora san’atini ishlatib, Shirin mingan otni nasim yel deb, uning 
suvoriysi – Shirinni kumush deb ta’riflaydi. 
 
7. Shoir bu baytda ham istiora san’atini qoʻllaydi. Farhod Shirinnnng otini bodpo – yelqadam, 
oʻzinn dilrabo deb ataydi. Farhodning ularni yelkasiga koʻtarib, qasr va hovuz yoniga eltib 
qoʻyganini bayon etadi. 
XXXV 
Bu bob sarlavhasi Mehinbonu va Shirinning Farhod sharafiga ziyofat bazmi tuzganlari, oʻnta har 
sohada iqtidorli boʻlgan kanizak qizlarning xizmatda boʻlgani, Shirin qoʻlidan may ichgan 
Farhodning ishq tugʻyonidan hushdan ketishi bayon etiladi. 
 
1. Advor – muzika ilmining bir sohasi: muzika nazariyasi; Sharq muzikasining eski nota usuli. 
 
2. Mantiq – mantiq ilmi, logika. 
 
3. Hay’at – Sharqda astronomiya fani. 
 
4. Haqoyiq («haqiqat» soʻzining koʻpligi) ilmi – mavjudot haqiqatlari haqidagi ilm. 
 
5. Balogʻat – adabiyot nazariyasiga oid boʻlib, badiiy soʻz san’atini, shoirlik mahorati sirlarini 
oʻrganuvchi ilm. 
 
6. Hikmat– falsafa fani, ba’zi tadqiqotchilar fizika va tabiiyot ilmi deb ham hisoblaydilar. 
 
7. Muammo – arabcha: berkitilgan, yashiringan; Sharq she’riyatida janr turlaridan biri. Muamno 
misra, bir yoki ikki baytdan iborat boʻlib, unda biror soʻz, koʻpincha atoqli ot harflari 
yashiringan yoki shunga ishora qilingan boʻladi. Uni maxsus qoidaga asosan ramz, imo, ishora, 
kinoya, oʻxshatish, ba’zi soʻzlarni boshqa tildagi sinonimini tanlash, teskari aylantirish yoki 
«abjad» hisobi va h. k. yoʻllar bilan topib olish, yechish kerak. Muammo aytish va uni yechishga 
bagʻishlab maxsus risolalar ham bitilgan. Ayniqsa XV asrda – Navoiy davrida muammo keng 
tarqalgan. Bu haqda, jumladan, Jomiy uchta, Navoiy bitta risola yozganlar. 
 
8. Muammoda ot chiqarmoq – shoir «ot chiqorib» iborasini ikki ma’noda ishlatadi. Biri – 
mashhur boʻlmoq, dong taratmoq; ikkinchisi – muammoda yashiringan nomni chiqarish, 
muammoni yechish. 
 
9. Baytning mazmuni: bu fanlardan ularning har biri bosh qasidan maqtovli, shu fanning yuzlab 
ustasidan bularning bittasi mohirroq edi. Navoiy bu va yuqoridagi besh baytda oʻz zamonasida 
ravnaq topgan fanlardan oʻntasida Mehinbonu saroyidagi oʻn kanizak dong taratganini madh 
etadi. Bundan anglashiladiki, shoir yaratgan har jihatdan mukammal Mehinbonu, Shirin, Layli, 
Dilorom kabi ayollar obrazlari qatorida fanda e’tibor qozongan komila va fozila boʻlgan 
Shirinning oʻnta nadimasi borligi davr adabiyotida ham katta yangilik edi. 
 
10. Shoir bu baytda Mehinbonuning yana bir yuksak fazilatini ta’riflaydi: u ilmparvar, ilm ahliga 
boshchilik qilar edi. Soʻz asnosida Navoiy Mehinbonu donolik bilan Farhodning olimalar bilan 
suhbatiga, oʻzini tutishiga razm solib, uning oddiy toshyoʻnar yigit emasligini, balki bilim va 
zakovat egasi boʻlgan olnjanob shaxs ekanligini anglab olganini ta’kidlaydi. 



Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin