Farhod va Shirin (I- qism) Alisher Navoiy


Farhod va Shirin (II- qism)



Yüklə 1,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə255/270
tarix05.04.2022
ölçüsü1,43 Mb.
#54728
1   ...   251   252   253   254   255   256   257   258   ...   270
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8

Farhod va Shirin (II- qism) 
Alisher Navoiy 
 
137 
library.ziyonet.uz/ 
 
«ihom» san’atini qoʻllaydi. Ot soʻzining har ikkala ma’nosi ham bayt mazmunini yaxshi 
ochishga xizmat qiladi. 
 
6. Bu bayt mazmuni: jahon bogʻida uningdek (ya’ni Gulgun dek) tez yurar ot yoʻq edi. U 
gulbargini eltuvchi sabodek yelar edi. Shoir bu yerda Shirinnn gulbargga, otini esa saboga 
oʻxshatib, «tashbih» san’atinnng ajoyib namunasini yaratadi. 
 
7. Xing – boʻz ot. Xingi bodpoy – yeldek tezyurar ot. Shoir Shirinning oti Gulgunni nazarda 
tutmoqda. 
 
8. Shu yerdan boshlab, 44 baytda Navoiy Shirinning goʻzalligini ta’riflaydi. Bunda shoir turli 
badiiy vositalardan gʻoyat keng foydalanadi. Bu she’riy parcha shoirning portret yaratish 
 
mahoratiga yorqin dalildir. 
 
9. Tung – idish ma’nosini bildiradi. Bu yerda shoir Sharqda mashhur boʻlgan Hindiston novvoti 
solingan shakkar idish deb 
 
Shirinning ogʻzini ta’riflamoqda. 
 
10. Zod – ozod soʻzining qisqartirilgani. Shoir bu yerda Farhodni ta’riflab, uni bu barno yigitgina 
emas, taqdir xazon boʻlish alamini ravo koʻrgan boʻstondagi ozod sarvdir, deydi. 
XXXII 
Bu bob sarlavhasida Farhod hushiga kelgach, toqqa chiqib ariq qazish ishlarini davom ettirgani, 
Shirin koʻnglida Farhodga nisbatan ishq paydo boʻlgani ifodalanadi. 
 
1. Baytning mazmuni: Farosat bilan Farhod bildikim, dil bezatuvchi (ya’ni, Shirin)ning mehri 
uning holiga qarab ish tutibdi. 
 
2. Bu va keyingi 4 baytning mazmuni: (Farhod) toshga metin urganida falak toqiga qiyomat 
solgandek boʻlardi. Uning yoniq nafasi va metini koʻtargan gard zangori osmonni koʻzdan 
yashirib yuborardi. Gard va dudgina emas, balki dard va anduhning qora buluti togʻ-togʻ boʻlib 
Arman atrofini tutib ketgan edi. Uni qora bulut ham demay, bahor buluti deb, yogʻin bilan 
koʻtarilgan doʻl tosh boʻroni desak ham boʻladi. Toshga urilayotgan metinning yaltirashi 
bamisoli chaqmoq edi. Shoir Farhodning togʻda arigʻ qazish mehnati tasvirini tashbih va 
mubolagʻa san’atlari vositasida beradi. 
 
3. Xorokan – tosh yoʻnuvchi – bu yerda Farhod koʻzda tutiladi. 
 
4. Kamingoh – xilvat joy; bayt mazmunicha, Shirin bir xilvat joy topib Farhodni yashirincha 
koʻrgisi keladi. 
XXXIII 
Bu bob sarlavhasida Farhodning ariq qazib, qasr bunyod etgani, «Bahr un-najot» hovuzini 
kovlab, atrofida bogʻ barpo qilgani va bularni koʻrgani Mehinbonu va Shirinlarni kelgani bayon 
etiladi. 
 
1. «Bahr un-najot» – aynan: najot dengizi. Shirin uchun Farhod qazigan katta hovuzning nomi. 
 



Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   251   252   253   254   255   256   257   258   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin