Farhod va Shirin (I- qism) Alisher Navoiy


Farhod va Shirin (II- qism)



Yüklə 1,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə260/270
tarix05.04.2022
ölçüsü1,43 Mb.
#54728
1   ...   256   257   258   259   260   261   262   263   ...   270
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8

Farhod va Shirin (II- qism) 
Alisher Navoiy 
 
142 
library.ziyonet.uz/ 
 
 
1. Bu bayt mazmuni: yuz mingdan ortiq qoʻy-qoʻzi hamaldagicha, qoramollar esa savr kabi 
poda-poda edi. Shoir bu yerda Mehinbonu oʻz qoʻrgʻonida qamal paytidagi ehtiyoj uchun qoʻy 
va mollar saqlagani haqida yozib, qoʻylar sonini hamal – qadimgi nujum fanicha oʻn ikki burjdan 
oʻn birinchisi (uni qoʻy shaklida tasavvur qilinadi)dagi yulduzlar miqdoriga, qoramollarni esa 
savr – oʻn ikki burjning ikkinchisi (oʻy–hoʻkiz shaklida faraz qilinadi. Yulduzlariga nisbat 
beradi. Shoir bu yerda gʻoyat ustalik bilan tashbeh san’atini qoʻllaydi. 
 
2. Bu baytdagi birinchi «tosh» soʻzi «tashqari», ikkinchisi «tosh» ma’nosida ishlatilgan. 
 
3. Ikkinchi misradagi «er uzra osmon» iborasi Mehinbonuning qal’asini anglatadi. 
 
4. Baytning mazmuni: Parvez Farhodga koʻz tashlashi bilan koʻksiga dashnai tez – oʻtkir tigʻli 
xanjar tekkandek boʻldi. 
 
5. Baytning mazmuni: lekin olamaro sabotsiz odamlar meni benomu nishonga chiqarib 
qoʻyganlar. Bu yerda soʻz Xusrav olami Farhoddan otini soʻraganda qilgan javobi ustida 
ketmoqda. 
 
6. Bu va keyingi baytning mazmuni: boshingdan (bir tosh bilan) mili xudingni – urushda 
kiyiladigan qalpoqning uzayib chiqqan uchini uchirib yuboraman, bunisi bilan esa senga salom 
yoʻllayman; yana bir tosh bilan esa bayrogʻing boshidagi yarim oyni nishonga olaman. Bu 
soʻzlarni Farhod Xusravga qarata aytadi. 
 
7. Baytdagi «navo» soʻzi bahra, huzur-halovat ma’nosida ishlatilgan. 
XXXIX 
Bob sarlavhasida Xusrav vaziri Buzurg Ummid bilan maslahatlashgani va Mehinbonuga noma 
yuborgani, uning qat’iy javoblaridan ojiz qolgan Xusrav Armaniya qoʻrgʻonini qamal qilgani 
bayon etiladi. 
 
1. Bu baytda shoir irsoli masal san’atiga murojaat qiladi. Xusravning Farhoddan ustunligini 
dalillash maqsadida «it hurar – karvon oʻtar» maqolini ishlatadi. 
 
2. Bu baytda ham Navoiy irsoli masal san’atini qoʻllab, «afsun birla ilonni indan chiqarish 
mumkin» maqolini ishlatadi. Xusravning Farhodni afsun – sehr, avrash bilan band etishlikka 
jazm qilinganligiga ishora qilinadi. 
 
3. Bu va avvalgi ikki bayt mazmuni: uning zotida haq shunday yashiringanki, uning oʻzligidan 
nishona qolmagan. Kim bunday narsa (ya’ni ishq) ichida oʻzini koʻrsa, har tomonda haqning 
zuhurini koʻradi. Shuning uchun ham zohir boʻlgan narsanigina emas, goʻzal deb maqtalgan 
(kimsa)ni qattiq sevib qolgan boʻlsa ajab emas. Soʻz Mehinbonuning Farhodni ta’riflab, 
Xusravga bergan javobi ustida ketmoqda. 
 
4. Baytning mazmuni: nogoh qamishzorga oʻt tushsa, «hoʻl-quruq barobar kul boʻladi». Bu yerda 
ham shoir irsoli masal san’atidan foydalanadi. 
 
5. Misradagi: sur savtining safiri – aynan: surnay (yoki karnay) ovozi ma’nosini anglatadi. Maj.: 
diniy tushunchaga koʻra, qiyomat kuni Isrofil degan farishta sur chalib, oʻliklarni tiriltirar, yana 
bir chalganda qaytadan oʻldnrar ekan. Shoir bu yerda talmeh san’atini ustalik bilan qoʻllaydi. 



Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   256   257   258   259   260   261   262   263   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin