Farhod va Shirin (I- qism) Alisher Navoiy


Farhod va Shirin (I- qism)



Yüklə 1,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/270
tarix05.04.2022
ölçüsü1,43 Mb.
#54728
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   270
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8

Farhod va Shirin (I- qism) 
Alisher Navoiy 
 
59 
library.ziyonet.uz/ 
 
Ne mehr, oinai Iskandariy ul.  
Sadafda durri bayzochehr yangligʻ,  
Falak sanduqi ichra mehr yangligʻ.  
Hakimikim nigor aylab tirozin,  
Yozib keynida maxfiy borcha rozin  
Ki: «Bu mir’otkim, getinamodur,  
Anga xurshedcha nuru safodur.  
Erur Iskandari Rumiy nigori,  
Jahon ahligʻa oning yodgori  
Ki, aylab toʻrt yuz dono bilan jahd,  
Alardin har bir Aflotungʻa
(3)
 hamahd.  
Sirehr ahvolining sohibvuqufi,  
Jahonning korbandu faylasufi.  
Tanib afloku anjum toliin tuz,  
Bu koʻzgu san’atida qoʻydilar yuz.  
Necha yil ranj tortib bemadoro,  
Bu raykar naqshi boʻldi oshkoro.  
Bu koʻzgukim erur hikmat jahoni,  
Tilismedur shigarf anda nihoni
(4)
  
Ki, har kim ochmogʻigʻa sa’y qilsa,  
Aning sa’yi bila bu ish ochilsa.  
Kelib koʻzguni yerdin olsa filhol,  
Safoligʻ chehrigʻa koʻz solsa filhol,  
Nekim umrida andin turfaroq ish,  
Emas mumkin, agar xud noʻshu gar nish  
Ki, Tengri aylamish koʻrmakni roʻzi,  
Qazo boshigʻa kelturmakni roʻzi.  
Boʻlur bu koʻzgu ichra jilvaoro,  
Qilurgʻa gʻayb sirrin oshkoro.  
Vale ochmoqligʻi mushkildur asru,  
Gudozi jismu ranji dildur asru.  
Angakim tushsa ochmoq iztirobi,  
Bu boʻldi ul muammoning hisobi.  
Ki, Yunon mulki ul farxunda kishvar  
Ki, hikmat birla torti zebu zevar.  
Hakimikim topib ashkoli aflok,  
Bu kishvar tufrogʻidin bir ovuch xok.  
Toshi hikmat elining durri toji,  
Giyohi borcha illatlar iloji.  
Shimoliy haddida togʻe durur tund  
Ki, tigʻi koʻk misosidin erur kund.  
Kishi Yunon sori bormoq keraktur,  
Inon ul toqqa boshqormoq keraktur.  
Apoda qolsa uch manzil masofat,  
Ul uch manzilda voqedur uch ofat.  
Burungʻi manzil ichra ajdahoye,  
Yaratqon Tengri qahridin baloye
(5)
.  
Ikinchi manzil ichra Ahraman bil,  
Anga bedodu ofat da’bu fan bil.  
Uchunchida tilismi bulajab soz,  
Bu ikidin dogʻi mushkilrak ul roz.  
Bu uch manzildin oʻtkorganga mahmil.  



Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin