Farhod va Shirin (I- qism) Alisher Navoiy


Farhod va Shirin (I- qism)



Yüklə 1,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/270
tarix05.04.2022
ölçüsü1,43 Mb.
#54728
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   270
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8

Farhod va Shirin (I- qism) 
Alisher Navoiy 
 
78 
library.ziyonet.uz/ 
 
Tushurdi qasr davrida cherigin,  
Ochib ul qasrning oliy eshigin.  
Atosi birla dasturi kiromi,  
Uchovning qasr aro boʻldi xiromi.  
Xazoyinni ikovga qildi taslim,  
Qilib xotam hadisin dogʻi tafhim.  
Yana yetti alargʻa shodmonliq,  
May istab zohir oʻldi komronliq.  
Hamul shohona bazmi ishratanjom,  
Tuzuldi ul sifatkim burnogʻi shom.  
Chu gardun Rustami xur tigʻin oldi,  
Zamon oq devining boʻynigʻa soldi.  
Halok aylab ani holi tabohi,  
Jahonni tiyra qildi dudi ohi.  
Alargʻa ayshu ishrat erdi boqiy,  
Boʻlubon jilvagar gulchehra soqiy.  
Labolab Ahraman boshi kibi jom,  
Tutub aylarlar erdi boda oshom.  
Kel, ey soqiy, manga may qil havola,  
Yetibon Ahraman boshin riyola  
Ki, qilgʻay ul qadahdin ruhi mastim,  
Zamone nafs devin zerdastim. 
XXIV 
Farhodning Suqrot togʻi tilismin ochargʻa kamar bogʻlab hayvonvash chashma tegrasidagi 
margʻzori axzarda Xizr muloqotidin sarsabz boʻlgʻoni va Xizr anga Xizri rah boʻlub gʻam 
zulumotidin chiqorib, hayot suyidek ta’limlar bila toza hayot bergoni va gʻam tilismi aning 
koʻnglidin ochilgʻonidek aning tilismi gʻamidin koʻngli ochilgʻoni va Xizrning jismi tilismida 
ravshan koʻnglidek tilism jismida jomi jahonnamoy torqoni va ul jomgʻa Xizr suyidek may solib 
Sikandar yodi bila noʻsh etgoni 
Chu zulmat ra’yati boʻldi nigunsor,  
Quyosh Iskandari koʻrguzdi ruxsor.  
Bezaldi gunbazi axzar tilismi,  
Tamom andoqki Iskandar tilismi.  
Yana Farhod kiydi ish libosin,  
Boshida toza aylab muddaosin.  
Atosining ayogʻigʻa dajamvor  
Tushub, aylab oʻzin tufroqqa hamvor.  
Tilab himmat, duo birla qurub tez,  
Jahonraymosi uzra ayladi xez.  
Yana ish azmigʻa boʻldi ravona,  
Oʻqub xotam duosin bexudona.  
Radid oʻldi falakdek margʻzore,  
Quyosh yangligʻ ichinda chashmasore
(1)
.  
Zuloliy chashmai hayvon masallik,  
Boʻlub har qatra andin jon masallik.  
Qirogʻinda daraxti koʻkka hambar,  
Bu hayvon suyi, ul — Xizri rayambar.  
Yetib Farhod anda boʻldi xurram,  
Yigʻochqa bogʻlabon raxshini mahkam.  



Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin