8. Billah, summa billah – arabcha: Xudo haqi, yana Xudo haqi (qasam ma’nosida).
9. Baytning mazmuni: Shopur xat [yozish] uchun kerakln buyumlarni: siyoh uchun mushkin va
oq [qogʻozni] chiqardi.
10. Baytning mazmuni: Noma eltuvchi (ya’ni Shopur) nomani olib yugurdi, bir amallab
qoʻrgʻonga ham kirdi... Bu yerda shoir ishtiqoq san’atiga koʻra noma va shu soʻzdan yasalgan
nomabar (xat eltuvchi) soʻzini ishlatadi. Ayni choqda istiora san’atini qoʻllab, Shopur ismi
oʻrinda nomabar soʻzini ishlatadi.
XLVI Bob sarlavhasida Farhjd xatini oʻqigan Shirinning iztirobga tushgani va uning koʻngil qushi
sevgilisi tomon qanot qoqqani bayon etiladi.
1. Farhod oʻz maktubida Shiringa murojaat qilib, gʻoyat xokisorlik bilan uning itlari holini
soʻraydi. Jumladan, bu baytda deydiki: (ular) boʻyinlaridagi qiloda – tasmangdan zavqlangan
paytlarida mening boʻynimga solingan halqani eslaydilarmi?
2. Bu va keyingi baytning mazmuni: unda (ya’ni Farhod ta’riflayotgan bir zaif, majruh it) mey
odamiylik nishonini koʻrib, koʻz qorachigʻimdek saqlar zdim. U koʻzim qoni oqishini koʻrsa, oʻz
koʻzlaridan qon oqizar edi. Shoir birinchi baytda ishtiqoq san’atini qoʻllaydi; mardum,
mardumligʻ soʻzlarini ishlatadi. Ikkinchi baytda esa iltizom san’atiga koʻra koʻz qoni oqmogʻi,
«koʻzumdek qoni oqib» iboralarini bir bayt doirasida takroran zikr etadi.
3. Bu va keyingi ikki baytning mazmuni: azaldan qismatimga sevgi bitgan va taqdir dardu
mashaqqatni (peshonamga) yozgan ekan, buning uchun men kimga ta’na qilay, oʻzimdan boshqa
kimni yozgʻuray? (Axir) yuzlab men, minglab Xusravning yoʻq boʻlib ketishi qazo oldida bir
dona arpachalik ham emas.
4. Tamma bilhayr – arabcha: yaxshilik bilan tamom boʻldi.
5. Baytning mazmuni: uning (ya’ni Shirinnnng) tani xatni bogʻlaydigan tob ipdek (chirmashdi).
Ammo xasta jismiga shu ip tobdek ta’sir qilgan. Bu baytda shoir nozik soʻz oʻyini ishlatadi.
Birinchi misradagi «tob» maktublarni ustidan oʻrab qoʻyadigan ipak tasmani anglatadi: ikkinchi
misrada esa tasmadek oʻralib ketgan Shirinning jismida tob harorat betobligi (xastaligi) edi,
degan ma’noni bildiradi. Shu bilan birga, shoir bu baytda ishtiqoq (tob, betob) tajnis (tob – ip
oʻraydigan npak tasma; tob – harorat) va iltnzom (tob, tob, betob) san’atlarini mohir lik bilan
qoʻllaydi.
XLVII Bob sarlavhasida Farhod koʻnglidagi jarohatlar Shirin maktubidagi hayotbaxsh soʻzlardan tuzala
boshlagani, Shirin barri haroratlari ham Farhod xati mazmunidan taskin topgani, bular orasidagi
muhabbat zanjirini Shopur harakatga keltirayotgani, Xusrav bilib qolib uni azob zanjiriga solgani
va Farhodni qatl etish uchun chora-tadbir qidirgann bayon etiladi.
1. Masih – Iso paygʻambarning laqabi. Diniy afsonalarda Isoning oʻz nafasi bilan oʻlganlarni
tiriltirish, jon bagʻishlash qobiliyatiga ega boʻlgan, deyiladi. Sharq she’riyatida sevgilini va
uning lablarini jonbaxshlikda Masih, Masiho (Iso)ga oʻxshatiladi. Bu yerda Navoiy Shirin
maktubida bitilgan soʻzlar hayotbaxshligini Masih nafasiga tashbih qilmoqda.