Farhod va Shirin (I- qism) Alisher Navoiy


Farhod va Shirin (I- qism)



Yüklə 1,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/270
tarix05.04.2022
ölçüsü1,43 Mb.
#54728
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   270
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8

Farhod va Shirin (I- qism) 
Alisher Navoiy 
 
39 
library.ziyonet.uz/ 
 
Ki, ul nav’u bu nav’ etmak kerak tarh.  
Chu soʻz torti nihoyat, toʻkti yarmogʻ,  
Taammulsiz nechukkim toshu tufrogʻ.  
Alar ham korband aylab bilikni,  
QOʻpub koʻzlarga qoʻydilar ilikni.  
Chu Mulkoro alarni qildi xushdil,  
Masolih jam’ etarga boʻldi moyil.  
Burun ul ishni qildi toʻrt sarkor  
Ki, jam’ etkaylar ulcha boʻlsa darkor.  
Qoʻyub yuz kordon har ish boshida,  
Yana ming korgar har yuz qoshida.  
Toshirgʻa toshu xishtu bel aroba,  
Tutub Chin ichra obodu xaroba.  
Solib ham togʻu ham homungʻa afgʻon,  
Ogʻir yukdin tushub gardungʻa afgʻon.  
Chiqib har togʻ uza yuz xoraandoz,  
Ish uzra oʻlturub ming xorarardoz.  
Aroba demakim, garduni doyir,  
Boʻlub xoro yuki ostida soyir.  
Shafaq birla falakdin toʻlgʻamay bosh,  
Toshib ish boshigʻa oqu qizil tosh.  
Boʻlub har novakash bir bahri joʻshon,  
Ruboiy bahri soz aylab xurushon.  
Alarning bahri zoʻridin nishona  
Ki, har yon kemalar aylab ravona.  
Torilmay udu sandal ichra najjor,  
Nechukkim kirsa doʻkon ichra tujjor.  
Boʻlur chun arrasi chekmakda mahrur,  
Yogʻib sandal nechukkim qishda kofur.  
Boʻlur har doygar gardungʻa rayvast,  
Qolib bel urgʻuchi balchiq aro rast.  
Urarda belin kirgach figʻongʻa,  
Otib bir rarcha balchiq osmongʻa.  
Biyik toq ustida ustodi banno,  
Quyidin qilsa xisht olmoq tamanno,  
Topib yuz ming qamar sayr ichra tavse’,  
Zuhal birla vale borigʻa tarbe’.  
Rayoray korfarmodin hayohay,  
Hayohaydin qilib el ish rayoray.  
Tushub xayli bani odamgʻa oshub,  
Bani odam solib olamgʻa oshub.  
Boʻlur gardon aningdek toʻrt sarkor  
Ki, sargardon qolib bu yetti rargor.  
Ketib ustodlardin ishda qonmoq,  
Ne tinmoq bir zamone, ne tayonmoq.  
Ul ishlarga bu yangligʻ boʻldi chun tarh,  
Sarosar qildilar shahzodagʻa sharh.  
Ki, mundogʻ toʻrt qasri charxkirdor,  
Boʻlubtur toʻrt jannatdin radidor.  
Ki, har bir toqidek koʻrmaydur ofoq  
Ki, boʻlgʻay rub’i maskun ichra ul toq.  
Chu ta’rif ettilar haddin ziyoda,  



Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin