Farhod va Shirin (I- qism) Alisher Navoiy


Farhod va Shirin (I- qism)



Yüklə 1,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/270
tarix05.04.2022
ölçüsü1,43 Mb.
#54728
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   270
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8

Farhod va Shirin (I- qism) 
Alisher Navoiy 
 
42 
library.ziyonet.uz/ 
 
[XVI] 
Farhodning Qoran bila xoro yoʻnarda muqorin boʻlub, balki ul oyning bu Zuhal bila 
qiron qilmogʻi va bu fanda anga sohibqironliq eshigi ochilmogʻi va Moniy qalam 
moʻyidin tasvir fanin qalam-baqalam, balki moʻ-bamoʻ bilmogʻi va jamii sanoyi’ va 
hunar daqoyiqi aning ilgiga kelmogʻi va toʻrt yilda toʻrt hadiqai Eram misol va toʻrt qasri 
Xavarnaq timsolningkim, toʻrt fasl muqtaziyoti rangi bilan bino qoʻyulub erdi, itmomi va 
xoqonning alarni Farhodga musallam tutub, anda bazmi ishrat tuzarga ehtimomi 
Bu xoro uzra tez etkan qalamni
Yuziga boʻyla naqsh etti raqamni:  
Ki, chun shahzoda tushti uyga ul shom,  
Yoʻq erdi koʻnglida bir lahza orom.  
Boʻlub xoro tamoshosigʻa magʻlub,  
Solib har dam havas koʻngligʻa oshub.  
Nechakim aql riri zufunundur,  
Havas atfoli ilgida zabundur.  
Chu boʻldi tun qaro togʻi nigunsor,  
Nechukkim zilzila boʻlgʻonda koʻhsor.  
Quyosh la’li chekib togʻ uzra avrang,  
Falakni subh qildi marmariy rang.  
Chu gardun qullasigʻa mindi xurshed,  
Tamosho azmigʻa otlandi Jamshed
(1)
.  
Surub markabni chun ul yon yovushti,  
Hunar ahliga rustoxez tushti.  
Solib har xayl ichiga chun nazar tez,  
Tavaqquf aylamay aylab guzar tez.  
Debon har kim ishiga chun solib koʻz,  
Ham oning istilohi birla bir soʻz.  
Topib ahli hunar bu nav’i komin,  
Fuzunroq aylab ishda ehtimomin.  
Soʻzidin chun tamattu’ oldi har xayl,  
Ravoni ayladi Qoran sori mayl.  
Yana tutti hamul xopoda maskan  
Yana yoʻndi hamul xoroni Qoran.  
Buyurdikim, kelib ustodi haddod,  
Yasogʻay teshau metini roʻlod.  
Hamul ohangudozi ohaninchang,  
Ravon qildi buyurgʻon ishga ohang.  
Boʻlub oʻtdin temur la’li Badaxshon,  
Shafaq ichra nechukkim mehri raxshon.  
Yasab har nav’idin afzori diljoʻ,  
Vale afzorigʻa Qoran berib suv.  
Suv bergach olibu xoro yoʻnub tez,  
Boʻlub xorodin ul suv otashangez.  
Ne ish soriki solib koʻz nihoniy,  
Nihonu oshkoro onglab oni.  
Tasarruflar qilib ul nav’i mulhaq  
Ki, birdin ming boʻlub ul ishga ravnaq  
Aningdek qildi xoro yoʻnmogʻin vird  
Ki, yuz Qoran qoshida boʻldi shogird
(2)
.  



Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin