Farhod va Shirin (I- qism) Alisher Navoiy


Farhod va Shirin (I- qism)



Yüklə 1,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/270
tarix05.04.2022
ölçüsü1,43 Mb.
#54728
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   270
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8

Farhod va Shirin (I- qism) 
Alisher Navoiy 
 
50 
library.ziyonet.uz/ 
 
Ul oʻtni tong yeli birla dam aylab,  
Isitmogʻliq uchun qaddin xam aylab.  
Qamar sarchashmasi har tun toʻngub muz,  
Muz oʻlgʻon qatralar girdida yulduz.  
Muz aylab yer yuzin oyinaoyin,  
gʻalat qildim, degil oyinai Chin.  
Sovugʻ oʻt tab’idin eltib harorat,  
Sharar oʻrtarga koʻrguzmay sharorat
(8)
.  
Qiziq kul tobi yoʻq onchaki sinjob,  
Yoʻq oltoyicha yongʻon shu’lagʻa tob.  
Qizil axgar aqiqi nob yangligʻ,  
Burudatdin guli serob yangligʻ.  
Qizil oʻt sovugʻ andoqkim qizil gul,  
Aning dudi boʻlub gul uzra sunbul.  
Yogʻib andoq burudat zamhariri  
Ki, taxta tosh bogʻlab suv hariri.  
Kafin ogʻzi bila muflis dam aylab,  
Iki tiz koʻksi ichra mahkam aylab.  
Qoʻlin qoʻltugʻlar ichra mu’takif ham,  
Qulogʻlardin oʻtub iki katif ham.  
Mizojin tormayin xurshed mahrur,  
Sochib olamgʻa nur oʻrnigʻa kofur.  
Jahon ham qor ila kofur monand,  
Havo ham muz bila bulurrayvand.  
Sovugʻning boʻyla kofuru buluri,  
Oqortib borcha olamni zaruriy.  
Agarchi hullalarning rangi kofur,  
Va lekin osu qoqum birla mahrur.  
Yana bazm oʻldi anjumdek muhayyo,  
Boʻlub jam’iyat andoqkim Surayyo.  
Tutub har sori bir Chin nozanini,  
Tuman ming noz ila bir zarfi chini.  
Gar oti chiniyi fagʻfuri oning,  
Vale rangi kelib kofuri oning.  
Degancha balki yuz oncha takalluf,  
Takalluf bobida qolmay taassuf.  
Nishotu aysh oʻlub sharh aylagoncha,  
Qayu sharh aylagonchakim, yuz oncha.  
Bu yangligʻ ham oʻtub ishratda uch oy,  
Boʻlub ul toʻrt yerda majlisoroy.  
Bulargʻa bois ulkim shohzoda,  
Bu yangligʻ aysh birla ichsa boda.  
Nishotin har zamon may toza qilgʻay,  
Tarab har lahza beandoza qilgʻay.  
Vale ul bermay oʻz tavrigʻa taygʻir,  
Nechuk taygʻir torqay naqshi taqdirgʻ  
Hamul purdardu soʻzga ohi oning,  
Anodin nolai jonkohi oning
(9)
.  
Biravkim zor yigʻlab-yigʻlab ul zor,  
Topib koʻngli el ozoridin ozor.  
Chiqorib soʻzligʻ soʻz boshidin dud,  
Sovugʻ oh aylab ohin otasholud.  



Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin