Farhod va Shirin (I- qism) Alisher Navoiy


Farhod va Shirin (I- qism)



Yüklə 1,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/270
tarix05.04.2022
ölçüsü1,43 Mb.
#54728
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   270
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8

Farhod va Shirin (I- qism) 
Alisher Navoiy 
 
49 
library.ziyonet.uz/ 
 
Terak sorgʻortibon yuz zorlardek.  
Sarigʻ ogʻriq bila bemorlardek.  
Chamanning har yigʻochi bir sarigʻ qush,  
Boʻlub bori tulak ayyomigʻa toʻsh.  
Havo qilmoqqa yafrogʻdin ochib rar,  
Chu yeldin silkinib, har yon sochib rar.  
Qilib har tun nasimi subhgohi,  
Shajar bargin nechukkim subh kohi.  
Aningdekkim chekib oshiq sovugʻ oh,  
Qilur kohi yuzin ul ohi jonkoh.  
Quyun yafrogʻni aylandursa har yon,  
Boʻlur majnuni sargardonu uryon.  
Qilib zarhal xazon naqqoshi tartib,  
Qilurgʻa bogʻ avroqini tazhib
(6)
.  
Bu shugʻli ichra aylab sahv tarkin,  
Zar andar zar qilib barg uzra bargin.  
Quyoshdek tob urub qasri muzahhab,  
Xazoniy barglar girdida kavkab.  
Ajab fasle jahongʻa koʻrguzub yuz  
Ki, bir kun jilva aylar mehru yulduz.  
Munungdek faslda shahzodau shoh.  
Bu nazhatgahni qildilar tarabgoh.  
Qilib kisvat hariri za’faroni,  
Iki gardun quyosh ichra nihoni.  
Muzahhab shirada oltun surohi,  
Boʻlub oltun suyi lavn ichra rohi.  
Uy oltun, farshi oltun, tomi oltun,  
May oltun, zarfi oltun, jomi oltun.  
Hulal qasr ichra har yon zebi zarhal.  
Kavokibdek guhar birla mukallal.  
Koʻrunub koʻzga oydindek namudi,  
Quyosh zarrishtasidin toru rudi.  
Mugʻanniylar chekib dilkash navolar,  
Solib zarkor toq ichra sadolar.  
Favokih bazm aro limuvu noranj,  
Bihi koʻrgach oni koʻrmay yana ranj.  
Tarab koʻrrak boʻlub dasturdin ham,  
Dema dasturkim, maqdurdin ham.  
Uch oy bu qasr aro ham tuzdilar jaysh,  
Surudu boda birla qildilar aysh.  
Sovurdi chun shajar bargini sarsar.  
Suning simobini day qildi marmar
(7)
.  
Havo dogʻi bulutdin kiydi sinjob,  
Bulut dogʻi havogʻa sochti simob.  
Day ustodi nechukkim zargari Chin,  
Zilol atfoli lavhin qildi siymin.  
Bulutdinkim tomib har qatrai suv,  
Burudatdin yogʻib olamgʻa inju.  
Arigʻkim obgirin hanjar aylab,  
Sovuq ogʻzi luobin xanjar aylab.  
Falak tundin koʻmur aylab saranjom,  
Shafaqdin solibon oʻt anda har shom.  



Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin