Erur andin tashaddud naqshi zoyil.
Kerakmas erdi tab’i muncha sofi
Ki, boʻlgʻay saltanatgʻa ul munofi.
Birovkim olam ichra shoh kelmish,
Ulus boshigʻa zillulloh kelmish.
Kerakkim shaxsdin ne torsa roya,
Hamul holatni zohir qilsa soya.
Tomugʻ, uchmogʻ yaratmish Hayyi Jabbor,
Agar Vahhob erur, Qahhor ham bor.
Angakim berdilar mir’oti shohi,
Erur ul mazhari zoti Islohi.
Aning zotigʻa boʻlgʻonlar mazohir,
Kerak boʻlmoq sifoti birla zohir.
Sifotidin biri har kimda kamdur,
Munofi shahligʻ asbobigʻa hamdur.
Chu bor ul mazhari sirri jamoli,
Jaloliyat oʻtidin zoti xoli.
Qayu dushmanki, qasdi joni qilgʻay,
Tilarkim, jon aning qurboni qilgʻay.
Havodis shastidin gar kelsa yuz oʻq,
Ravo koʻrgay oʻziga, oʻzgaga yoʻq.
Bu ish darveshlikda xush sifatdur,
Vale shohligʻda noxush xosiyatdur.
Shah ar tigʻi siyosat qilmasa tez,
Chekilgay xalq aro yuz tigʻi xunrez.
Qaroqchi qoni oʻlsa raxtida dogʻ,
Bu gul tojirgʻa aylar togʻni bogʻ.
Agar zolimgʻa yoʻqtur shohdin bok,
Erur ul xushdilu, mazlum — gʻamnok.
Yatim etsa ichib koʻy ichra bedod,
Bu gʻamdin tifli maktab boʻlmas ozod.
Bularni ul demak boʻlmaski bilmas,
Bilur, lekin nechukkim bildi qilmas.
Manga bu qissa bas mushkil tushubtur,
Kim ul mazlum koʻchakdil tushubtur.
Netaykim zoʻridindur ril ojiz
Ki, sindurmas singak nishini hargiz.
Ne osigʻ sherdin koʻp zoʻr ranja,
Ayogʻida chu boʻlmas moʻr ranja.
Ne sud, ar ilm aro fardi zamondur,
Chu jahl ahligʻa biymidin amondur.
Emastur anda bu xudroyligʻdin,
Erur olamgʻa berarvoyligʻdin.
Necha bu ishta boʻldum fikratandish,
Davo yoʻq erdi, qolmish emdi bir ish.
Anga tutsam musallam saltanatni,
Zarurat tark qilgʻay bu sifatni.
Qachon ish tushsa oʻz boshigʻa beshak,
Oʻziga tutqusidur borcha emgak.
Chu qildi olam ahligʻa taahhud,
Yomon elga boʻlur vojib tashaddud.
Siyosatni birov chun qildi bunyod,