Deyilgon togʻ erur toʻrtinchi manzil.
Bu togʻ ichra kishi qilsa guzore,
Koʻrar hijron tunidek tiyra gʻore.
Erur gʻor ichra Suqroti yagona,
Dema Suqrot, Buqroti
(6)
zamona.
Tirik bor ersa donoyi xiradmand,
Ochar borgʻon kishi ashkolidin band.
Vagar qaydi hayot ichra emastur,
Kishiga ne gʻarazkim multamasdur.
Tavajjuh chun aning ruhiga qilgʻay,
Girihlik rishtai bandi ochilgʻay».
Oʻqugʻoch shohzoda qissani pok,
Bu mushkul halligʻa boʻldi havasnok.
Oningdek gʻolib oʻldi iztirobi
Ki, bu fikr uzra bordi xoʻrdu xobi.
Chu Xoqon fahm qildi muddaosin
Uzotti man’i uzra mojarosin.
Nechakim shoh koʻrrak tutti mavquf,
Vale shahzoda koʻrrak boʻldi mash’uf.
Oʻgʻulgʻa garchi mushkul hol tushti,
Atogʻa sa’broq ahvol tushti.
Oʻgʻulgʻa yuzlanib andoq suubat,
Atogʻa andin ortugʻroq uqubat.
Ketur, soqiy, sharobi bexudona
Ki, sa’b ish soldi ollimgʻa zamona.
Nechakim sa’b erur gardun jafosi,
Erur bexudlugʻ ul ishning davosi.
XX Farhodqa Yunon mulki azimati jazm boʻlub, hikmat bila Mulkoroni chorlab, soʻz kumaytini
Yunon vodiysigʻa solib, tilism muddaosin, balki muddao tilismin aning qoshida ochqoni va
Mulkoro ani nasihat bila mumtane’ qila olmay muddaosin xoqongʻa arz qilib, bu muhlik soʻzdin
Xoqonning ruhi Farhodi badan Chinidin adam Yunonigʻa yuzlangali yovushub, Mulkoro bila
koʻp mashvarat qilgʻondin soʻngra Farhod bila Yunon mulkiga cherik tortib borurni muqarrar
qilgʻoni
Bu mehnat sharhin ulkim qildi tahrir,
Bu yangligʻ ayladi afsona taqrir
Ki, chun shahzodagʻa javri havodis,
Munungdek mushkul amre qildi hodis.
Aningdek bordi oromu qarori
Ki, chiqti oʻz qoʻlidin ixtiyori.
Bu erdi bimkim devona boʻlgʻay,
Xirad oyinidin begona boʻlgʻay.
Tuta olmay chu ul savdoni rinhon,
Tilab xilvatda Mulkoroni rinhon.
Anga taqrir qildi mojarosin,
Havas koʻngli aro solgʻon balosin.
Dedikim: Gar gado, gar shoh boʻlsun,
Agar gʻofil, vagar ogoh boʻlsun,
Tana’um birla mehnat xoʻbu zishti,